Maqolalar

Saudiya ulamolari hay’atining “takfir” tushunchasi haqidagi xulosalari

 

Saudiya  Arabiston Podshohligidagi “Mo‘’tabar ulamolar kengashi”ning takfir  (birovni kufrda ayblash) haqidagi bayonnomalari va qarorlarining xulosasi:

1-juz’

 

Ar-Riyoz shahri                                                                    26.09.2016

Kirish:

 

“Kofirga chiqarish - takfir”  ba’zi odamlarga chigal bo‘lgan tushunchalardandir.

“Kofirga chiqarish”ning hukmlari:

  1. “Kofirga chiqarish” takfir – asosi Alloh va Rasuliga borib taqaladigan shar’iy hukmdir. U “halol qilish” va “harom qilish”ga o‘xshaydi.
  2. Kufr deb sifatlangan har bir narsa ham dindan chiqaradigan “katta kufr” bo‘lavermaydi.
  3. Qur’on va sunnat kofirligiga ochiq oydin dalolat qilganlaridan boshqalarni kofirga chiqarish mumkinemas. Bunda shubha yoki gumon kifoya qilmaydi.
  4. “Kofirga chiqarish” oqibatida xatarli hukmlar kelib chiqadi. Shariat “had”lari (Shar’iy jazolar) shubha bo‘lganda tark qilinar ekan, shubha asosida “Kofirga chiqarish”ni tark qilish avlo va lozimdir. Vaholanki, “had”ning oqibatida kelib chiqadigan narsalar “Kofirga chiqarish” ning oqibatida kelib chiqadigan ishlardan yengil hisoblanadi.
  5. Gohida Qur’on yoki sunnatda ma’lum bir so‘z yoki ish yoxud e’tiqod kufr ekanligi haqida ma’lumotlar keladi. Ammo, bularning birortasini bajargan inson kofir bo‘lishiga mone’ dalil borligi uchun kofir hisoblanmasligi mumkin.
  6. “Kofirga chiqarish” ham boshqa ahkomlar singari sabablari topilib, mone’lar yo‘q bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Bunga meros masalasini o‘xshatish mumkin.
  7. Gohida musulmon qattiq xursandchilik yoki qattiq g‘azab tufayli kufr kalimasini aytib qo‘yishi mumkin. Bu holda qasddan qilmagani uchun kofir bo‘lmaydi. Xuddi qissada bir kishi qattiq xursanchilikdan xato qilib “Ey, Alloh, Sen qulimsan, men Rabbingman” – deb yuborganidek.

 

 Mir Arab o‘rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi
U.Jiyanov tarjimasi

 

Read 623 times
Top