Maqolalar

Saudiya ulomolari hay’atining “takfir” tushunchasi haqidagi xulosalari (2-juz’)

 

 Saudiya  Arabiston Podshohligidagi “Mo‘’tabar ulamolar kengashi”ning takfir  (birovni kufrda ayblash) haqidagi bayonnomalari va qarorlarining xulosasi:

2-juz’

 

Ar-Riyoz shahri                                                                    26.09.2016 

 

  1. Takfirga shoshilishning ortidan birovning qonini va molini halol hisoblash , o‘zaro meros olishni man qilish, nikohning bekor bo‘lishi va boshqa – murtadlik sababidan kelib chiqadigan – xatarli ishlar kelib chiqadi. Axir qanday qilib mo‘min kishiga arzimas shubhani deb kofirlikda ayblash mumkin?
  2. Hokimlar va hukumatlarni kofirga chiqarish boshqalardan xatarliroqdir. Chunki uning ortidan ularga qarshi ommani qo‘zg‘atish, ularga qarshi qurol ko‘tarish, beqarorlikni keltirib chiqarish, nohaq qon to‘kish, odamlar va shaharlarni harob qilishdek ishlar kelib chiqadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz Muhammad (sollalllohu alayhi vasallam) bundan qattiq qaytarib:“... Faqat ochiq-oydin kufrni ko‘rsangiz va unga sizlarda Alloh taolo tomonidan hujjat-dalil bo‘lsagina (kufrga nisbat berishingiz durust)”
  3. Bu buzuq e’tiqod – Takfirdan quyidagi ishlar urchimoqda:
  • Musulmonning qonini to‘kishni muboh sanash;
  • Obro‘ni to‘kish;
  • Xususiy va umumiy mol-mulklarni tortib olish;
  • Turar joylar va tashkilotlarni portlatish;
  • Inshootlarni harobaga aylantirish.
  1. Takfirga shoshilishning katta xatari bor. Bu borada Alloh taolo:“Ayting: “Rabbim, albatta, fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha’niga o‘zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi”,  degan (A’rof surasi, 33-oyat).
  2. Nabiy (sollalllohu alayhi vasallam) kofir bo‘lmagan shaxsni kufrga nisbat berishdan ogohlantirib bunday deganlar: “Qaysi bir kishi o‘z birodariga “Ey kofir!” desa, bu gap ikkisidan biriga tegur. Agar (birodari haqiqatda) u aytgandek bo‘lsa (o‘shanga), unday bo‘lmasa, o‘ziga qaytib, o‘zi kofir bo‘lur”

Sayyid Muhyiddin mahdum o‘rta maxsus islom

bilim yurti mudarrisi A’zamov Baxodirjon tarjimasi

Read 605 times
Top