Maqolalar

Abu Abdulloh Naysoburiy

Muhaddis va tarixchi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Nu’aym ibn Hakam Zobbiy 933-yili  (hijriy 321) Naysoburda tug‘ilganar. Ibnul Bay’ nomi bilan tanilganlar.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Hokim Naysoburiy sahih to‘plam yozgan muhaddislarning ulug‘laridandir. O‘zlarininng “Mustadrok alas sohihayn” asarlari sababli mashhur bo‘lganlar. Abbosiylar davlatida yashaganlar. Hijriy 341-yili Iroqqa safar qiladilar. shuningdek Xuroson va Movarounnahr shaharlariga safar qiladilar. Hijriy 359-yili Naysoburda qozi etib tayinlanadilar. Va bir necha bor qayta qayta qozilik lavozimiga tayinlanganliklari sababli “Hokim” degan nomni oladilar. Keyinchalik u lavozimni ilm va kitoblarni ta’lif qilishga vaqt ajratish uchun tark qiladilar.

Ustozlari:

  1. Abu Bakr Qaffol Shoshiy;
  2. Doraqutniy;
  3. Ibnu Abil Favoris va ulardan boshqa ikki mingta atrofidagi ulug‘ zotlar.

Asarlari:

  1. “Tarixi Naysobur”;
  2. “Al Mustadrok alas sohihayn”, u kitob boshqa mustadroklar orasidagi eng mashhur kitobdir;
  3. “Ma’rifatu ulumil hadis va kamiyyati ajnosihi”;
  4. “Iklil”;
  5. “Tarojumush shuyux”;
  6. “Fazoilush Shofi’iy” va ulardan boshqa kitoblar.

Sahobalar haqida yozilgan kitoblarning eng mashhuri, u Hokim Naysoburiy yozgan kitobdir. Sababi u kishi o‘z asarlarida sahobalarni 12 darajaga taqsimlab keltirganlar:

  • Islomni Makkada birinchi qabul qilganlar. Unga misol to‘rt xulafoi roshidin.
  • Dorun nadvada Makka ahlining maslahat qilishlaridan oldin islomni qabul qilganlar.
  • Habashiston muhojirlari.
  • Birinchi aqabada qatnashganlar.
  • Ikkinchi aqabada qatnashganlar, ularning aksari ansorlar bo‘lgan.
  • Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga kirishlaridan oldin, U zot bilan Quboda ko‘rishganlar.
  • Badr ahli.
  • Badr va Hudaybiyya voqe’alari orasida hijrat qilganlar.
  • Hudaybiyyada Rizvon bay’atida qatnashganlar.
  • Hudaybiyya va Makka fathi voqe’alari orasida hijrat qilganlar: Xolid ibn Valid va A’mr ibn Oss.
  • Makka fathidan so‘ng islomni qabul qilganlar.
  • Makka fathida va Hajjatul vado’da Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rgan yosh bolalar va ulardan boshqalar.

Abu Abdulloh Muhammad Naysoburiy haqlarida Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhi: “U ilm, hifz va hadis ahlidandir...va yana U dindor, omonatdor, parhezkor, hifzi mustahkam va taqvodor (vara’li)...” deganlar.

Hijriy 405-yili Safar oyining 3-kuni (melodiy 1014-yili 2-Avgustda) vafot etadilar.

Manbalar asosida Tojiddinov

Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li tayyorladi

Read 613 times
Top