Yangiliklar

“Xoja Buxoriy”da samimiy uchrashuv

 

Qashqaryo viloyati Kitob tumani “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari, “Xoja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hurmatli mehmon bilim yurti talabalariga odob, axloq va ilm talab qilishning yuksak fazilati, ulamolar martabasi va ularning Alloh taolo huzurida qadr-qiymatlari haqida Qur’on oyatlari, hadisi shariflar, sahobalar va o‘tga solih ajdodlarimizning hikmatli so‘zlaridan namunalar keltirib suhbat o‘tkazdi. Jumladan, talaba ilm talab qilish bilan yuksak sharafga va oliy martabaga erishish mumkinligini bilsa, ta’lim olish va uni boshqalarga yetkazish yo‘lidan yurishga, shar’iy odob bilan hulqlanishga yanada ko‘proq harakat qilishi, natijada Alloh taolo nazdida uning martabasi va fazilati ziyoda bo‘lishi, insonlar orasida qadr-qiymati oshishi haqila so‘zlab berdi. Talaba ilm yo‘liga kirar ekan, uni o‘zi uchun emas, balki yurti, millati, xalqi, va dinining manfaatlari uchun bo‘lishini maqsad qilib olish kerakligi va bu yo‘lda ustoz va murabbiylarning hurmat e’tiborini qozonib, ularning duosini olish kerakligini ta’kidladi.

O‘tkazilgan davra suhbati ustoz va talabalarga katta taassurot qoldirishi bilan birga ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatlarini yanada oshirdi. 

 

Azamat USMONOV

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus  islom bilim yurti ARM mudiri  

 

Read 532 times
Top