Yangiliklar

ISHID lideri vidolashdi

Jahon ommaviy axborot agentliklari xabar beradi:
ISHID TERRORChI TO‘DA lideri o‘z tarafdorlariga vidolashuv nutqi bilan murojaat qildi
“ISHID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z nutqida keyingi kunlarda bo‘lib o‘tgan janglar natijasida terroristik guruh mag‘lubiyatini tan oldi va o‘z tarafdorlarini Iroq va Suriyaning tog‘li hududlarida yashirinishga chaqirdi”,- deb xabar berdi Naynava muhofazasidagi manbasiga tayanib, Alsumaria telekanali. 
Al-Bag‘dodiy o‘z nutqini vidolashuv so‘zlari deb atadi, ISHID targ‘ibotchilari orasida tarqatdi va guruhi bilan sodir bo‘layotgan voqealarni sharhladi.
“Targ‘ibotchilar Naynava va Iroqning boshqa hududlarida bu to‘da boshidan kechirayotgan mag‘lubiyatlar haqida so‘zlay boshlashdi”, - deb xabar beradi manba telekanalga.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
axborot xizmati

Read 617 times
Top