Yangiliklar

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatidagi o‘rni

“Ey imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

(Baqara surasi 208-oyat) 

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil va suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga 25 yil to‘ldi.

Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning va millatlarning o‘zaro xamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.

BMT Ustavida ko‘rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tengxuquqlili bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o‘rtasida xamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg‘unlashtirib turadigan markazi xisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs xuquqlarini ximoya qilishni xalqaro xuquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratildi va BMT ustavida ta’kidlanganidek: “Biz, Birlashgan millatlar xalqlari, insonning asosiy xuquqlariga, inson shaxsining qadr qimmatiga, erkak va ayollarning teng xuquqlariga va katta kichik millatlar xuquqlarining tengligiga ishonchini qayta qaror toptirishga qat’iy axd qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Ustavini qabul qilishga va Birlashgan Millatlar Tashkilotini ta’sis qilishga rozilik berdik!”

Ayni mahalda, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar “Barcha davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tinchlik adovat va farovonlikning muxim axamiyati xisoblanadigan inson xuquqlari va asosiy erkinliklarining xurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.

BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etilishi shart bo‘lgan yagona xalqaro xujjatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilikka erishgandan so‘ng o‘tmish – 1992 yilning 2 martida BMTga a’zo bo‘ldi. Bugungi kunda yer yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo‘lib, ulardan 193 tasi BMTga a’zo bo‘lgan. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo‘lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga ko‘tarilgan. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Nyu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.

BMTning bir yillik byudjeti taxminan 2 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonning badali – qariyb 270 ming dollardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tarixda birinchi marta BMTda O‘zbekistonning Oliy darajadagi birinchi ishtiroki sifatida BMT ishida 1993 yil 28 sentabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zga chiqdi. Bizning mustaqil mamlakatimiz jaxonning eng oliy anjumanida zo‘r qadr-qimmat bilan ishtirok etdi. Respublikamiz Prezidenti BMTning butun jaxon xamjamiyati uchun eng muxim muammolarni muxokama etish va xal qilishidagi, tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab quvvatlashdagi, jamiyki xalqlar taraqqiyotiga ko‘maklashishdagi rolini aloxida takidladi. O‘zbekiston Respublikasi dunyo siyosiy xaritasida olib borayotgan yo‘lini dunyo xamjamiyati tan olganligini e’tirofi sifatida dunyodagi eng nufuzli tashkilotning eng nufuzli 50 sessiyasiga butun Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov taklif etildilar. 1995 yil 24 oktyabrda BMTning eng yuqori minbaridan ma’ruza qildilar.

 

Dunyoning eng yirik anjumanlarida O‘zbekiston raxbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni xal etish; mintaqaviy xavfsizlik jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash; jaxon xavfsizlik tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng xuquqli a’zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilib kelmoqda.

Inson xuquqlari Umumjaxon deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so‘ng qo‘shilgan birinchi xalqaro xuquqiy xujjat bo‘ldi va u tufayli O‘zbekiston BMTning tegishli konvensiyaviy organlariga o‘zining davriy milliy ma’ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson xuquqlari soxasidagi xalqaro majburiyatlarni izchillik bilan va qatiy ravishda bajarib kelmoqda. Ularning tavsiyalarini bajarishda muxtaram Prezidentimizni raxnomoliklarida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolikning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va bevosita fuqarolarning o‘zlari ham ishtirok etmoqdalar. Inson xuquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xuquq va erkinliklarining ishonchli ximoya qilishni ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida o‘z ifodasini topgan.

1948 yil 10 dekabrda Bosh Assambleyasi Inson xuquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasini e’lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy xuquqlari ilk bor o‘z ifodasini topgan ushbu xujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jaxondagi eng ko‘p tarjima qilinadigan xujjat xisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur xujjat ko‘plab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun.

Ushbu deklaratsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro xujjatdir. 1991 yil 30 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy xuquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo‘limi mazkur deklaratsiya talablariga to‘la mos bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng xuquq va erkinliklarga ega bo‘lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta’minlangan. Respublikamizda inson xuquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.

Giyoxvandlik illatiga qarshi keng ko‘lamda kurash olib borish muammosi O‘rta Osiyodagi iqtisodiy qoloqlik va xalqaro narkobiznesning kuchayishi bilan bog‘liqdir. O‘rta Osiyoda BMTning narkobiznesga qarshi kurash yuzasidan xamkorlikdagi say-xarakatlarini muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy markaz tuzish taklifini O‘zbekistonning o‘zi kiritdi.

Orol dengizining xalokati butun dunyo uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlar keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonning taklifiga binoan BMTning Orol dengizi bo‘yicha maxsus komissiyasi tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT tizimida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro markaz tashkil etish xaqida taklifni 1999 yilning noyabr oyida Yevropada xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining Stambul sammitida ham, 2000 yil 7-8 sentabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning “Ming yillik” sammitida ham kiritganlaridan so‘ng ushbu taklif naqadar dolzarb ekanligini faqat 2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin anglab yetib, 2001 yil 28 sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining 1373-sonli rezolyusiyasi bilan Xavfsizlik kengashi tarkibida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tuzildi. 

BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muxtaram Yurtboshimiz tomonlaridan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolarini hal etish yo‘l-yo‘rig‘i dunyo miqyosidagi muammolar bilan birga qo‘shib ochib berildi. Hamda O‘zbekistonning keng ko‘lamli hamkorlikka oid hamma takliflarida uni BMT faoliyati va bu tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari orqali amalga oshirish tamoyillari ilova qilindi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida jaxonning eng yuqori minbaridan turib, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi insonparvarlik, insoniylik, oshkoralik, xurriyat, o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishligini ta’kidlab, bayon qildilar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondlagi vakolatxonasi BMT tizimidagi iqtisoslashgan tashkilotlar faoliyatlari va dasturlarini birlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi xukumati bilan birgalikda belgilangan asosiy yo‘nalishlarga qaratadi. Vakolatxona tarkibi BMTning: taraqqiyot dasturi (PROON) axborot va jinoyatchilik bilan aloqalar bo‘limi, giyoxvandlikka qarshi kurash dasturi, qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasining vakolatxonasi, bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), sanoatni rivojlantirish tashkilotining vakolatxonasi (YuNIDO), jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti, aholi jamg‘armasi va boshqa ko‘pgina dasturlardan iborat.

BMT ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner “O‘tgan ikki o‘n yillik davomida BMT yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash, xududdagi ijtimoiy – iqtisodiy ekologik muammolarni bartaraf etish, xalqaro terrorizm va giyoxvand moddalar savdosini oldini olish va boshqa soxalarda O‘zbekiston davlati o‘z faolligini namoyon etib kelmoqda”, deb ta’kidlaydi. “Bugungi kunda O‘zbekiston xududlarida ishlayotgan BMT bilan xamkorlik dastur mamlakatni rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shishi shubxasiz. Rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha BMT birlashgan dasturi umumiy strategiyasi doirasida farovonlik, ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirishi, barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlash va samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab quvvatlaydi,” – deb e’tirof etadi BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili.

BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari qatorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNESKO – maorif fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti – xalqaro xukumatlararo tashkilotiga ham O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrda a’zo bo‘lgan.

Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, ma’orif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish, atrof muxitni va madaniy yodgorliklarni muxofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqa sohalarda global ilmiy muammolarni xal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika-kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining BMTning YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda qilayotgan ishlari beqiyos. Bu bexisob ishlar ichidan bazilari quyidagilardan iborat. YUNESKO O‘zbekistonning Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek YUNESKO maktablari tashkil etgan.

YUNESKO doirasida Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, Amir Temurning 660 yillik tantanalari nishonlandi. YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur xaftaligi o‘tkazilib, “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’orifning gullab yashnashi” mavzusida ilmiy konferensiya va ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Toshkent shaxrining 2000 yilligi, Xiva (1997 yil), Buxoro (1997 yil), Termiz (2002 yil) shaharlarining 2500 yilligi, Shaxrisabz shahrining 2700 yilligi (2002 yil), Axmad Al-Farg‘oniyning 1200 yilligi, Imom Buxoriyning 1225 yilligi (1998 yil), “Alpomish” xalq dostoni yaratilganligining 1000 yilligi (1999 yil), Avesto kitobi yaratilganligining 2700 yilligi (2001 yil) nishonlandi. YUNESKO bilan birga qadimiy va xamisha navqiron Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur olamshumul tadbirlar muxtaram O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari va dono raxbarliklari ostida xukumatimiz YUNESKO bilan xamkorlikda amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov insoniy ideallarni e’zozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosini o‘rganishdagi xizmatlari uchun 1998 yilda YUNESKOning Abu Ali Ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan.

 

BMTning bir qator ixtisoslashgan va tashkilotlari qatori BMTning bolalar jamg‘armasi bo‘lmish YUNISEF bilan ham O‘zbekistonda hamkorlik o‘rnatilgan. Va Respublikamizda YUNISEF bilan birgalikda bolalarni immunizatsiya qilish, boshlang‘ich maktab o‘quvchilarini oziq ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, vaksinalar yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar, Orolbo‘yi aholisiga yordam ko‘rsatish yuzasidan mazkur dastur, “Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyixasi” ishlab chiqilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash, davlatlararo xamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.

BMT har bir insonni xuquqlarini qo‘llab quvvatlash, kengaytirish va ximoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umujaxon parlamenti” sifatida kalendarning ma’lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo‘lgan masalalarga bag‘ishlab qo‘ygan. “Dinlararo bag‘rikenglik xaftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Xalqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Xalqaro ona tili kuni” fevral oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol kuni”, “Xalqaro yovvoyi tabiat”, “Xalqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik xaftasi”, “Xalqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro inson xuquqlari poymol bo‘lishida xaqiqatni o‘rnatish kuni”. Aprel oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida kuni”, “Yo‘l xarakatlarida sodir etilgan xodisalarda xalok yuo‘lganlarni xotiralash kuni”, iyun oyida “Xalqaro atrof muxitni muxofaza qilish kuni”, “Xalqaro qochoqlar kuni”, “Giyoxvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro muruvvat kuni”, sentabr oyida “Xalqaro tinchlik kuni” bo‘lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini yengillashtirishda, ba’zi muammolarni yechilishida o‘z samarasini bermoqda.

BMT o‘z taraqqiyot dasturini amalga oshirishda dunyoning turli chekkalarida va yer yuzining barcha mintaqalarida BMTning ko‘plab ixtisoslashgan tashkilotalri va muassasalari orqali ham tinchlikni saqlashda, insonlar xayotidagi muammolarni bartaraf etishda salmoqli xissa qo‘shib kelmoqda.

BMTning giyoxvandlik moddalariga qarshi kurashish dasturi, qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy kamissar vakillari, BMTning YUNISEF bolalar jamg‘armasi, BMTning axborot va jamoatchilik bilan aloqador bo‘lishi, xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro valyuta fondi, xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligini rivojlantirish fondi, BMT ning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha YUNESKO tashkiloti, Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha YUNIDO tashkiloti, jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotlari kabi Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘plab ixtisoslashgan muassasasi va tashkilotlari dunyoning deyarli barcha davlatlarida turli soxalarda isloxatlar strategiyasi va kelayotgan yordamni muvofiqlashtirish, ijtimoiy soxadagi isloxatlar, madaniy – ma’naviy qayta uyg‘onish, xususiylashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish, atrof muxitni ximoya qilish, boshqaruv tizimini va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘llari bilan xam dunyoda tinchlikni  ta’minlashda o‘zining salmoqli xissalarini qo‘shib kelmoqda. Zero Birlashgan Millatlar Tashkilotining XIX ta boblaridagi 111 ta moddalarining barchalari ham yer yuzida xalqlararo tinchlik va xavfsizlikni barpo etish bilan yo‘g‘irilgan.

BMT Ustavida ta’kidlangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barpo etishda O‘zbekiston Respublikasining xissasi beqiyos va betakror. Jannatmakon yurtimizni tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi dono xalqimiz farovonligi uchun muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev raxnamoliklarida xukumatimiz, diniy idoramiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz raxbarlari xamda shahar, tuman raxbarlarining boshchiliklarida istiqlolimiz sharofati bilan mehnatkash xalqimiz ko‘p ishlarni amalga oshirdi va xali xamon bajarilib kelinmoqda. Bunga dunyo tan bermoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh kotibiga yuborgan maktublarda quyidagi satrlar bor: “O‘zbekistondagilar xozirgi dunyoda har qanday mojarolarni faqat tinch muzokaralar yo‘li bilan siyosiy vositalar yordamida tinch xal qilish mumkinligiga, bu muzokaralarda BMT bosh rol o‘ynashi kerakligiga ham qattiq ishonadilar.”

 Ibrohim Inomov, O‘MI raisi o‘rinbosari

Read 736 times
Top