Yangiliklar

Saudiya Arabistoni podshohi: Terrorizmga qarshi birgalikda kurashish lozim

“Musulmonlar birgalikda xalqaro terrorizmga qarshi kurashmog‘i lozim”, dedi Indoneziya parlamenti deputatlari yig‘ilishida nutq so‘zlagan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ibn Abdurahmon Al Saud.

“Bugun dunyo musulmonlari oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu terrorizmdir. Shu bois, bu xatarga qarshi barcha musulmonlar birgalikda dunyoda tinchlik bo‘lishi uchun haqarat qilishi kerak”, deya ta’kidlab o‘tdi Salmon ibn Abdulaziz ibn Abdurahmon Al Saud.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni podshohi Osiyo mamlakatlari bo‘ylab uch haftalik safarni amalga oshirmoqda. Ushbu xizmat safari davomida Malayziyaga tashrif buyurdi, ayni vaqtda Indoneziyada turli uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Safar dasturiga Xitoy, Yaponiya va Maldiv orollari davlatlariga ham tashrif buyurish kiritilgan.   

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Read 443 times
Top