Yangiliklar

Angliyada musulmon aholi soni o‘smoqda

Britaniya musulmonlar kengashi ma’ruzasida Angliya va Uelsdagi musulmonlar soni keyingi o‘n yil ichida milliondan oshgani aytilgan. Ma’ruzada ta’kidlanishicha, bu yerdagi musulmonlar soni  2001 yilda 1.5 mln. bo‘lgan,

2011 yilga kelib esa 2.7 mln.ga yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya va Uelsda aholining islomga kirishi boshqa yerlardagilarga nisbatan jadal borayotir.  Buning ustiga musulmonlar o‘rtasida tug‘ilish katta va qariyalar soni ham kamchilik. Musulmon aholini boshqa aholi bilan qiyoslaganda boshqalarning beshdan biri 15 yoshdan kichik bo‘lsa, musulmonlarning uchtadan bittasi o‘n besh yoshdan kichikdir. Keksa avlod masalasiga kelganda, aholining boshqa vakillari 16 foiz bo‘lgani holda musulmon aholi 4 foizni tashkil etadi.  Britaniya musulmonlar kengashi ma’lumotiga ko‘ra,  musulmonlar 2011 yilda ham umumiy hisobda juda kamchilik bo‘lgan – umumiy aholining  20 foizini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich britaniyaliklarning ommaviy ishonchiga zid keladi. Keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, musulmonlar bundan to‘rt barobar ko‘p. Angliya va Uelsdagi musulmonlarning yarmi  – mahalliy aholi vakillari va deyarli (73%) o‘zlarini britaniyalik deb hisoblaydi.

Britaniya musulmonlar kengashi ta’kidlashicha: “Ushbu ma’ruza musulmon aholini  statistik nuqtai nazardan o‘rganishga qaratilgan dastlabki tadqiqot ishidir”. Bundan tashqari, tashkilot vakillarining xabar berishicha, hukumat va siyosiy arboblar ma’ruzaning ayrim punktlariga e’tibor qaratishlari kerak.  Ma’ruzada musulmon jamiyatining turar joy va ijtimoiy tengsizlik borasidagi muammolarini hal etish lozimligi aytilgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Nik Klegg ma’ruzaga javoban: «Har bir inson kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoliga qaramasdan teng huquqlilik va farovon hayot kechirishga haqli. Hech shubhasiz, Britaniya musulmonlari mamlakatning gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ana shu tadqiqot sabab bo‘lib, biz ko‘plab insonlarni ish bilan, uy-joy bilan ta’minlash borasida hamkorlik qilamiz», dedi.

 

Read 472 times
Top