frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Qatar oziq-ovqat mahsulotlari ehson qildi

08.04.2024   3380   1 min.
Qatar oziq-ovqat mahsulotlari ehson qildi

Mehr va muruvvat oyi bo'lgan Ramazon oyida Qatar davlati tomonidan mamlakatimizga 350 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo'lgan xayr-ehson qutilari ajratildi.

Ramazon oyida kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash, ularga ko'mak ko'rsatish maqsadida amalga oshirilgan mazkur tadbirda Qatar davlatining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan ibn Hamza Hoshim, elchi o'rinbosari Holid ibn al Malkiy al Jihaniy, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari Isoxon Abdullayev va fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

Qatar vakillari bu ishlardan ko'zlangan maqsad, yordamga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga xursandchilik ulashish, ularga bayram nafasini berishdan iborat ekanligini bildirdi.

 

"Vaqf" fondi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   1030   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari