“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimot qilish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha 4-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘MI masjidlar bo‘limi xodimi Nasriyev Muxammadamin va ta’lim va ilmiy tadqiqot bo‘limi xodimi Abdunosir Bobamirzayevlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bitiruvchilarni ishga taqsim qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumki, Hidoya o‘rta maxsus islom bilim yurti bitiruvchilari yurtimizdagi masjidlarga imom-xatib, noib imom vazifalariga, ishga taqsimot qilinadi.
Ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar bakalavr bosqichida o‘qish uchun Respublika oliy ta’lim muassasalarining biriga hujjat topshirishlari mumkin.
@Hidoyauz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
BBC Studios’ning Yevroosiyodagi tijoriy vakili Sergey Stanovkinning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda o‘tgan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi O‘zbekistonning o‘z tarixi va sivilizatsion merosini global auditoriyaga mustaqil ovoz bilan yetkazishga qaratilgan yangi media maydoniga aylandi, xabar bermoqda iccu.uz.
Sergey Stanovkin, BBC Studios’ning Yevroosiyodagi tijoriy vakili
– Ushbu mediaforumning ahamiyati juda katta. Professional ommaviy axborot vositalari vakillarini bir maydonga jamlash axborot muhitida mutlaqo boshqa natija beradi. Bugun blogerlik jadal rivojlanayotgan muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lsa-da, an’anaviy OAVning o‘z auditoriyasi, ta’sir doirasi, ishonch darajasi va tahririy siyosati bor. Shu bois bu tadbirning aynan mediaforum shaklida o‘tkazilayotgani va unda ko‘plab xalqaro OAV vakillari ishtirok etayotgani alohida ahamiyatga ega.
Endilikda muhim vazifa — xalqaro media kun tartibida Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga yanada keng o‘rin berish. Buning uchun O‘zbekiston va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z ovozi, o‘z kontenti va samarali kommunikatsiyalariga ega bo‘lishi kerak. Chunki Islom sivilizatsiyasi markazining dunyoga aytadigan gapi, taqdim etadigan mazmuni bor.
Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi ham shu nuqtayi nazardan juda muhim. U nafaqat mamlakatlar o‘rtasida, balki o‘tmish va kelajak o‘rtasida ham ko‘prik yaratadi. Tarixni anglash kelajakni to‘g‘ri qurishga yordam beradi. BBC’da “O‘zbekiston — sivilizatsiyalar chorrahasi” reklamaviy kampaniyasi bo‘lganida, men bu haqda ko‘p o‘ylagan edim. Menimcha, Islom sivilizatsiyasi markazi ham gumanitar sohadagi ana shunday muhim chorrahalardan biri — u odamlarni Toshkentga, O‘zbekistonga chorlaydi va turli mamlakatlarni yaqinlashtiradi.
O‘zbekistonni xalqaro madaniy muloqot uchun muhim maydonga aylantirayotgan asosiy jihat — uning faolligi va tashabbuskorligi. Bu iqtisodiyotda ham, madaniyatda ham yaqqol ko‘rinmoqda. Ayniqsa, kelajakka qaratilgan qarash O‘zbekistonni ajratib turadi. O‘tmishni o‘rganish juda muhim, ammo kelajak haqida gapirish va rivojlanish yo‘nalishini belgilash ham shunchalik ahamiyatli. Ana shunda yangi hamkorlar va yangi tarafdorlar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston buni juda yaxshi amalga oshirmoqda. Shu bois uning do‘stlari va hamkorlari ko‘p. Ishonchim komilki, O‘zbekistonni katta va porloq kelajak kutmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati