Hasan Basriy roziyallohu anhu aytadilar: "Yo'lda, dasturxon atrofida, bozorda yurganingizda, qayerda bo'lmang istig'forni ko'p aytishni odat qiling. Chukni Allohning mag'firati qayerda nozil bo'lishini bilmaysiz".
Shunda Hasan Basriy rahimahullohdan so'rashdi: "Biz Robbimizga istig'for aytamiz. Lekin yana gunoh qilaveramiz. Istig'for aytganidan so'ng, yana gunohga qaytsa, so'ngra yana istig'for aytib keyin yana gunohga qaytishdan banda Robbisidan hayo qilmaydimi?".
Hasan Basriy javob berdilar: "Shayton mana shu borada sizni mag'lub etishni istaydi. Hech qachon istig'for aytishdan to'xtamanglar!".
Qisqa istifg'or kalimalari:
أَسْتَغْفِرُ اللهَ
O'qilishi: “Astag'firulloh”.
أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ
O'qilishi: “Astag'firulloha va atuubu ilayh”.
أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه
O'qilishi: “Astag'firullohallaziy laa ilaaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.
رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ
O'qilishi: “Robbig'fir liy va tub 'alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.
سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ
O'qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag'firuka va atuubu ilayk”.
سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ
O'qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illaa anta astag'firuka va atuubu ilayk”.
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
O'qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa'fu 'anniy”.
أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي
O'qilishi: “Allohumma mag'firotuka avsa'u min zunuubiy va rohmatuka arjaa 'indiy min 'amaliy”.
أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه
O'qilishi: “Astag'firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.
Davron NURMUHAMMAD
Buxoro tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Imom Buxoriy” jome masjidida boshlangan muloqotlarda viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, diniy soha xodimlari, otinoyilar va mahalla faollari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tuzilgan ishchi guruhlar hududdagi 6 ta masjid va 20 ta mahallaga biriktirilib, xayrli amallar amalga oshirildi. Jumladan, nuroniylar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bemorlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, nizoli va muammoli oilalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir nechta xonadonlarda yarashuvga erishildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida masjid hovlisiga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan bo‘lsa, “G‘uncha” bolalar bog‘chasiga uyushtirilgan tashrif jajji bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Naqshband.uz