"Solih amal" atamasi Qur'oni karimning 70 dan ortiq o'rinda zikr etilgan.
مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
"Erkakmi yo ayolmi – kimda-kim mo'min bo'lgan holida biror solih amal qilsa, bas, Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan go'zal (solih) amallari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz" (Nahl surasi, 97-oyat).
Solih amalning o'zi nima? degan savol tug'ilishi tabiiy. Chunki solih amal deganda doimo xayolimizga namoz, ro'za kabi ibodatlar keladi.
Ko'plab hadislarda savobli ishlar qatorida zikr qilinadigan bir qancha solih amallar haqida bayon qilinadi. Masalan, odamlarga ozor etkazmaslik, yo'l yuzida yotgan narsani chetga olib qo'yish, yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish va yana qanchadan qancha bizning nazarimizda oddiygina tuyulgan amallarga targ'ib etiladi.
Afsuski, ko'pchiligimiz bu ishlarga beparvo qaraymiz. Aslida, insonning amal daftarini savoblarga to'ldiradigan solih amallarni har kuni, har erda qilish imkoniyatiga egamiz. Faqat bunga ozgina diqqat-e'tibor va ixlos bo'lsa kifoya.
Ustoz Homidjon IShMATBYeKOV
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati