Tanlovga!
Alloh taoloning marhamatini qarangki, bu yilgi Ramazon oyi boshqa yildagi Ramazon oylarga qaraganda fayzli va ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Mana shunday Ramazon kechalarining birida iftorlik qilish uchun chaqirilgan joyga borar ekanman, Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lib, shunday muborak Ramazon oyida ro‘zadorlarga iftorlik qilib berishni niyat qilgan kishi kim ekan o‘zi degan savol mening xayolimni qamrab oldi. Sababi, Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhu: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadisida: «Kim ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga ro‘zadorning ajricha ajr beriladi, lekin ro‘zadorning ajridan biror narsa kamaymaydi» - deb bobomiz Imom Termiziy hazratlarining rivoyat qilgan hadislari ko‘z o‘ngimda gavdalana boshladi. Men ro‘za to‘g‘risida o‘qigan kitobda mana shu hadisni sharhlab ulamolarimiz ro‘zadorga iftorlik qilib bergan insonga Alloh taolo ro‘za tutgan insonning savobidan boshqa savob berishligini zikr qilib o‘tishgan edi. Men mana shunday savobga ega bo‘ladigan insonning uyiga iftorlik qilish uchun boryapman degan xayol bilan chaqirilgan joyga kelganimni ham sezmay qolibman.
Hovli tashqarisida iftorlikni savobini umid qilib, yoshlari ham ancha joyga borib qolgan otaxon bizlarni chiroyli muomala bilan ochiq chehrada kutib oldi va uyiga olib kirdi. Ichkariga kirar ekanman Allohning mana shunday kunlarga yetkazganiga shukrlar aytdim. Iftorlik dasturxoniga o‘tirar ekanman Alloh taoloning biz insonlarga bergan ne’matlariga ich-ichimdan shukrlar aytar edim. Mana hamma og‘zini ochadigan payt ham yaqinlashib qoldi. Shu payt birdaniga bizlar o‘tirgan joyga uzoqdan savlat, viqor, shahdam qadamlar bilan boshiga do‘ppi kiygan, ustida oq kuylak, egniga chakmon kiyib olgan, ustidagi kiyimlari o‘ziga yarashgan bir inson kirib kelar edi. Men xayolimda bu inson shu mahallaning imomi bo‘lsa kerak deb uyladim. Imom domla ichkariga kirar ekan hammaga: «Assalamu alaykum va rohmatullohi va borakatuhu» deb salom berib, uy egasi ko‘rsatgan joyga borib o‘tirdi. «Iftorlikka hali vaqt bor ekana» - deb qoldi uy egasi. Va hamma kelgan insonlar imom domladan ro‘zaning fazilatlari haqida va kimlarga ro‘za tutish farz ekanligi tug‘risida mav’iza kilib berishini so‘radi.
Imom domla ham kelganlarning iltimoslarini inobatga olgan holda va og‘iz ochish uchun vaqt bor ekanligidan foydalanib, ro‘zaning farz bo‘lishi haqida nozil bo‘lgan oyati karima bilan mav’izasini boshladi:
«Alloh taolo Qur’oni karimning Baqara surasi 183-oyatida: «Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lsalaringiz». Demak, bu oyati karimadan ko‘rsak buladiki, Alloh taolo o‘zining suyukli mo‘min bandalariga Ramazon ro‘zasini tutmoqlikni farz qildi. Va Ramazon oyida kimki ro‘za tutadigan bo‘lsa, o‘ziga taqvo deb atalgan ulug‘ bir fazilatni kasb qilishini ham zikir qilib o‘tdi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallahu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda ham: «Odam bolasining hamma amalining (savobi) o‘zi uchundir. Alloh azza va jalla: «Magar ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini Men berurman. U (Odam bolasi) shahvati va taomini Men uchun tark qilur. Ro‘zadorning og‘zidan chiqadigan hid Allohning nazdida miskning hididan da yahshiroqdir», dedi» deyilgan. (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Demak, insonning ro‘za tutishdan boshqa qilgan hamma amali o‘zi uchun bo‘ladi. Faqatgina ro‘za Alloh uchun bo‘ladi. Ro‘za tutishdan boshqa barcha amallarda u xohlasa, xohlamasa ham ho‘jako‘rsinlik, o‘zgalarning havasi, maqtovi paydo bo‘ladi. Misol uchun, namoz o‘qimoqchi bo‘lgan odam, namozga tahorat qilganida, namoz o‘qishlik uchun joy hozirlaganda, namoz o‘qib bo‘lganidan so‘ng insonlar hayolida bu inson namoz o‘qimoqda, tahorat qilmoqda, demak bu inson yaxshi inson ekan, bu insonni hurmat qilish kerak degan tasavvur uyg‘onadi. Shunga o‘xshash zakot bergan inson ham harchand urinmasin, zakot bergan kishining haqqiga duo qiladi. Hajda ham huddi shunday. Hajdan qaytganidan so‘ng guruh-guruh kishilar ziyoratiga keladi. «Hoji aka» yoki «Hoji ona» degan nom bilan chaqiriladi.
Ro‘zada esa, biz yuqorida sanab o‘tgan narsalarning birortasi ham yo‘q. Kechasi hech kim ko‘rmaydigan vaqtda saharlik qiladi. Kunduzi esa hamma bilan barobar o‘zining ishi bilan yuraveradi. Iftor vaqti kirayotganda ham, hech kimsiz yolg‘iz o‘zi qolganida ham ro‘zador Alloh taolo ko‘rib turganini his qilib, og‘zini ochib yubormaydi. Mana shularning hammasi ro‘za Alloh uchun tutilishining belgisidir.
Shuning uchun ham Alloh taolo uchun xolis niyatda tutilgan ro‘zaning savobini yolg‘iz Alloh taoloning O‘zi berishligini va’da qildi.
Ro‘zaning fazilatlari haqida gapiradigan bo‘lsak:
Ro‘za tutishlikning yuqorida sanab o‘tgan fazilatlaridan tashqari yana fazilatlari juda ham ko‘p. Faqatgina bu yerda ro‘za tutgan insonga tegishli bo‘lgan afzalliklarnigina sanab o‘tdilar.
Imom domlaning so‘zini shunchalik darajada jon qulog‘imiz bilan eshitgan ekanmiz, hattoki og‘iz ochadigan vaqt ham asta-sekin o‘tib borayotganini sezmay qolibmiz.
Mana hamma orziqib kutgan og‘iz ochadigan vaqt ham keldi. Imom domla so‘zini tugatib hamma ro‘za tutkanlarni haqqiga duo qildi. Iftorlik dasturxonida hammamizga ma’lum bo‘lgan milliy taomlarimizdan tortib to pishiriqlari-u somsalargacha bor. Og‘iz ochib bir narsalar qoringa borganidan so‘ng inson iftorlikdan oldin «ha bu narsalardan dasturxonda hozir hech vaqo qolmaydi, hammasini yeb qo‘yaman» deb uylaydi-da lekin, o‘sha narsalarga qorni emas birinchi bo‘lib ko‘zi to‘yadi. Inson Ramazon oyida boshqa oylarda ishtaha bilan tanavul qiladigan narsalarini bu oyda yeyishga unchalik ta’bi unamaydi. Sababi, nafs insonni Ramazon oyida qornini o‘zi yaxshi ko‘rgan narsalaridan ham tiyishga undab turadi. Hamma iftorlik qilib bo‘lgach imom domla shuncha ro‘zadorlarga qilib bergan iftorligini darajasi savobi haqida ro‘zadorlarga va insonlarga gapirib berdi. Ramazon oyining fazilatlari, u oyda Alloh taoloning muborak kalomi nozil bo‘lgani, bu oyda ming oydan afzal qadr kechasining borligi, zakot berishning fazilati, boshqa oylarda insonlarni gunoh qilishga chorlab, undab turadigan jin va shaytonlarning kishanlanishi, muhtoj insonlarga yordam berish, bu oyda ro‘zadorni og‘zini bir xurmo bilan ochtirib iftor qilib bersa ham buynini do‘zaxdan ozod qilib qolish kerak ekanligi borasida insonlarga tushunchalar berib ularni kengroq qilib sharhlab, hikoyalardan misollar keltirib halqqa tavsiyalar berdi.
Imom domla so‘zining oxirida bunday ne’matlarni ro‘zadorlarga ato qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar aytdi. Alloh taoloning bergan ne’matlariga shukr qilish kerak. Nimagaki, inson o‘zi yashab turgan yon atrofidagi qiyinchilik, tartibsizlik, urush-janjallarga nazar soladigan bo‘lsa, bunday jannatmakon o‘lkada tinch-xotirjam, ota-onasi, qarindosh-uro‘g‘i, suyikli jufti haloli, shirindan-shakar farzandlari bag‘rida sog‘-omon uynab-ko‘lib yurganiga shukr qilishi kerak. Boshqa davlatlarga nazar soladigan bo‘lsak, ularning hech biri bizlarga o‘xshab ertalabdan turib, bemalol mehribon, rahmli ayolining tayorlab quygan saharlik dasturxoniga o‘tirib, qulidan choyni ichib, bomdod namozini o‘qib, bemalol ishiga borib kelib, tuni bilan ibodat qilib chiqqan odamning savobini olay deb tarovih namozlariga borib, besh mahal namozini to‘la-to‘kis ado yetib yurgan davlatlar va insonlar kamdan-kam. Shuning uchun ham biz bunday tinch-totuv hayotga yetkazganiga shukr qilib, qo‘limizdan kelganicha yaxshilik qilishka harakat qilishimiz kerak.
Foydalanilgan manbalar:
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Haytmurat Yerejepov.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.