Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Kambag‘allikning inson miyasiga ta’siri

26.11.2024   4302   3 min.
Kambag‘allikning inson miyasiga ta’siri

AQSHning Stenford zamonaviy tadqiqotlar universiteti olimlari olib borgan ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra, qashshoqlik inson miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Shuningdek, neyroendokrinolog, professor Robert Sopalskiy tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham qashshoqlik ayniqsa yosh bolalarning miyasi rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi isbotlangan.

Psixolog Mark Kishiyama tomonidan olib borgan izlanishlarda 9-10 yoshli kambag‘al bolaning miyasi o‘rta daromadli oilada voyaga yetayotgan tengdoshlarining miyasiga qaraganda shikastlangani, miyaning savollarga va qiyin vaziyatlarga javob beruvchi qismi zaif ekani aniqlangan.

 

Yaponiya psixiatrlari XXI asrda ruhiy kasalliklarning keng tarqalish sababi bu – qashshoqlik ekanini ta’kidlaydilar.

Qashshoqlik o‘sgani qo‘rquv, qayg‘u, depressiya kabi ruhiy kasalliklarning eng xatarli turlari ortib boradi.

Ilmiy dalillarga ko‘ra, kambag‘allik bolalarning ruhiy tushkunllik tushishiga, organizmning stressga nisbatan javobini tartibga soluvchi kortizol gormonining buzilishiga, jamiyatdan o‘zini uzilgandek his qilishiga ham sabab bo‘ladi.

Bolaning ota-onasini og‘ir ahvolda va oilasini tanglik, siqilgan holda ko‘raverishi uning odamoviligini, ko‘pchilikdan begonalashuvini kuchaytiradi. U yaqinlari yoki qo‘shni bolalar, maktabdagi do‘stlari oldida o‘zining yetishmovchiligidan, doimiy g‘amgin holatidan ich-ichdan eziladi. O‘zini yashirgani joy topolmay yuradi yoki aksincha, “omadi” chopganlarga nisbatan g‘arazini ochiq namoyish qilish payida bo‘ladi. Jamiyatga nafrat va g‘azab ko‘zi bilan qaraydi.

Darhaqiqat, har bir jamiyat uchun eng qadrli va qimmat ne’mat bu – yoshlardir. Yoshlarning ma’naviy-axloq jihatdan buzilishi boshqa har qanday moliyaviy, iqtisodiy muammolardan ustun turadi. Zero, yoshlarning axloqsizligi sababli jamiyatda jinoyatchi, giyohvandlarning ko‘payishiga olib keladi.

Islom dini kambag‘allik muammolarini yechishda ojizlarga, nochorlarga, og‘ir mashaqqat yetganlarga yordam qo‘lini cho‘zish, birdamlik qoidalarini tuzdi. Qashshoqlikni daf etishning turli yo‘llarini ko‘rsatdi. Masalan, zakot berishni farz qildi, xayr-ehson va sadaqa qilishga buyurdi. Shu bilan birga o‘zgalarning mol-mulkiga zarar yetkazish, o‘g‘rilik va hiyonat qilish kabi amallardan qattiq qaytardi. Hatto ayrim o‘rinlarda eng og‘ir jazo – o‘lim jazosi belgilangan. Nima uchun? Chunki o‘g‘irlangan mol-mulk o‘zi bilan birga butun avlodlarning tarbiyasini ham o‘g‘irlaydi ya’ni barbod qiladi.

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham doimo Alloh taolodan faqirlikdan panoh so‘rab bunday duo qilardilar: “Allohumma inniy a’uuzu bika minal kufri val faqri”.

Ma’nosi: Allohim Sendan kufr va kambag‘allikdan panoh tilayman.


O‘tgan solihlar: “Agar qashshoqlik odam ko‘rinishida bo‘lganida albatta uni qatl etgan bo‘lardim”, deb aytishardi. Chunki ular qashshoqlikning kelajak avlod va jamiyatga zarari naqadar yuqori ekanini yaxshi bilishgan....

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

17.05.2025   3233   1 min.
Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

Oisha onamiz roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا فِيهَا وَخَيْرَ مَا أرْسِلَتْ بِهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أرْسِلَتْ بِهِ

"Allohumma inniy asaluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi", deb aytar edilar".

Robbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Robbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman.