frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Buxorolik ziyoratchilarga navbatdagi umra darsi o'tildi

05.03.2024   2201   1 min.
Buxorolik ziyoratchilarga navbatdagi umra darsi o'tildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi "Dilkusho" jome masjidida navbatdagi umra darslari o'tkazildi.

Darsda “Mir Arab” madrasasi o'qituvchisi, “Umar ibn Hattob ” jome masjidi imom-xatibi Asatillo domla Najmiddinov navbatdagi umra safariga ketayotgan guruh a'zolari ishtirok etdi.

Ma'ruzada Asatillo domla Najmiddinov umra ziyoratining ahkomlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safar oldidan tayyorgarlik kabi mavzularni tushuntirib berdi.  

Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustoz tomonidan atroflicha javob berildi.

Alloh taolo umraga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarlarini xayrli qilsin, Baytullohni tavof qilishni barchamizga nasib etsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   1023   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari