frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Homidjon Ishmatbekov: Sun’iy intellekt – O‘zbekiston diniy diplomatiyasida yangicha yondashuvga zamin yaratmoqda (+video)

19.09.2025   9847   1 min.

Bugun Qozog‘iston poytaxtida boshlangan VIII Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kuchayib borayotgan geosiyosiy qarama-qarshilik sharoitida turli din yetakchilarini birlashtirishni maqsad qilgan.

 Forumda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki qanday ahamiyatga ega? Mamlakatimiz qaysi tashabbuslar bilan chiqish niyatida?

 Tadbir doirasida ko‘plab muhim masalalar  ekstremizmning oldini olish, dinlararo muloqot va raqamli texnologiyalar ta’siri muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston ayni jarayonlarda qanday tajriba bilan o‘rtoqlashishi mumkin?

 Qozog‘iston Prezidenti o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellekt kabi yangi global chaqiriqlarni diniy va ma’naviy nuqtayi nazardan baholashga harakat qildi. Mamlakatimiz ulamolari bu masalalarga qanday munosabat bildiradi?

 Yurtimizda keyingi yillarda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlar natijasi qay jabhalarda namoyon bo‘lyapti?

Savollarimizga anjuman qatnashchisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov atroflicha javob berdi.

Delegatsiyamiz vakili Toshkent shahrida qadim me’moriy an’analarimiz asosida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga ham to‘xtaldi. 

Suhbatni YouTube tarmog‘imizda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

 

Behruz Xudoyberdiyev suhbatlashdi.

Nishonboy Abduvoitov (video),

O‘zA

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Imom Buxoriy" ordeni — yuksak ehtirom ramzi!

28.08.2026   6187   2 min.

Kuni kecha mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi.

Eng quvonchlisi shuki, tadbirda diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan taniqli ulamolarimiz va faxriylarimizning zahmatli mehnatlari yuksak darajada e’tirof etildi!

Xususan, Diniy idora tizimida uzoq yillardan beri samarali xizmat qilib kelayotgan ustozlardan  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur, Samarqand viloyati Payariq tumani "Imom al-Buxoriy" jome masjidi faxriy imomi Mahmudjon domla Ibodullayev, Buxoro viloyati Kogon tumani "Bahouddin Naqshband" jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov "Imom Buxoriy" ordenini Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib olishdi.

Ustozlarning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, xalq ichida ma’rifat ulashishdagi fidoyiliklari davlatimiz tomonidan yuksak qadrlangani butun diniy-ma’rifiy sohada mehnat qilayotganlar uchun katta faxr va sharafdir.

Ushbu voqea Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash hamda rivojlantirishga qaratilayotgan izchil va xayrli siyosatning amaliy ifodasidir.

Xalqimizda qadimdan ma’rifat ahlini ulug‘lash, ularning zahmatli mehnatini qadrlash ezgu an’ana sanaladi. Islom ta’limotida ham ilm egalariga alohida maqom va hurmat bilan qaraladi. Zero, Imom Termiziy bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deyilgan.

Ulamolarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tiborning nechog‘li xayrli ekani quyidagi hikmatda ham o‘z ifodasini topgan. Ulug‘ zotlardan biri Tovus rahmatullohi alayh otasidan quyidagicha rivoyat qilgan: «To‘rt kishini hurmat qilish sunnatdir: olim, yoshi ulug‘ inson, podshoh va ota» (Imom Abdurazzoq rivoyati).

Mazkur yuksak mukofot milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, Islom ma’rifatini keng targ‘ib etish, jamiyatda bag‘rikenglik va tinchlik-omonlikni bardavom saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik xayrli xizmatlarning munosib e’tirofidir.

Davlatimizning bunday e’tibori diniy soha xodimlariga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi, ma’naviy yuksalish yo‘lidagi xayrli xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, insha Alloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari