Yurtimizda qalin qor yog'di. Hammayoq oppoq qor bilan o'raldi. Oppoq qorga qarab inson zavq oladi. Qor mo'l-ko'l yog'in bo'lib, u Alloh taoloning rahmatidir.
Alloh taolo bir qavmga yaxshilik iroda qilsa, ularning eriga barakali yog'in yog'diradi. Bu haqda Qur'oni karimda bunday deyiladi: “U (Alloh) rahmatidan shamollarni xabarchi qilib yuboradigan Zotdir. Ular og'ir bulutlarni haydab kelishganda Biz uni o'lik joyga haydab, u (o'lik er)ni sug'oramiz va tushgan suv bilan turli mevalar undiramiz. Ibrat olishlaringiz uchun o'liklaringiz ham shunday tiriltiramiz”(A'rof surasi, 57-oyat).
Ushbu oyatning tafsirida: “Alloh taolo bir qavmga yaxshilikni iroda qilsa, ularning eriga mo'l-ko'l yog'in yog'diradi, bundan ekinlar yashnab, chorvalari semiradi va ko'payadi, yurtda to'kinchilik va farovonlik bo'ladi. Hamma narsaga qodir Zot yog'indan oldin darakchi shamollarni yuboradi. Ular bulutlarni Alloh belgilagan joylarga haydab, yog'in yog'ishiga sababchi bo'lishadi. Yog'in yoqqach, o'lib, ekin o'smay yotgan erlar unumdor bo'ladi, yog'in bilan insonlarga va boshqa jon-zotlarga qut-baraka yog'iladi”, deyiladi.
Alloh taolo yoqqan qorni barakali yog'inlardan qilib, yurtimizda to'kinchilik va farovonlikni yanada ziyoda qilsin!
Ruhiddin AKBAROV,
O'zbeston musulmonlari idorasining
Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati