Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447

Oila saodati haqida hikmatlar

19.02.2024   896   1 min.
Oila saodati haqida hikmatlar
  1. Shunday qizga sovchi qo'yish kerakki, bu qizning chehrasi ochiq, yuzidan olijanoblik va iffat namoyon bo'lsin. Poklik va pokizalik pardasi ortida tarbiyalangan, chiroyli ish va odatlarga o'rgangan bo'lsin. Bunday qiz eng yaxshi hadya bo'lib, yoshlik va hayot dasturxonining lazzatini ziyoda qiladi.

Barxurdor ibn Mahmud

  1. Dunyoning rohati haqiqiy do'st, mehribon xotin, qobil farzand va salomatlikdir. Negaki, faqat shulargina kishiga xotirjamlik keltira oladi.

Suqrot

  1. Ey ayol, rashkdan ehtiyot bo'l, rashk taloq kaliti sanaladi. Senga nasihatim shuki, eringga ta'na qilaverma, chunki ta'na nafratni keltirib chiqaradi.

Abdulloh ibn Ja'far

  1. Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, silai rahm rishtalarini bog'lasa, ahli-ayoli va farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig'idan infoq-ehson bersa, tilini saqlasa, o'z uyini lozim tutsa, ya'ni ishidan vaqtida kelsa, o'sha erkaklarning komilidir.

Fuzayl ibn Iyoz


O'MI Hotin-qizlar bo'limi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

12.08.2025   5177   1 min.
Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.


Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan. 

Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.


Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari