Shu yil 17 fevral' kuni Buxoro shahridagi Dilkusho jome masjidida navbatdagi umra darsi o'tkazildi.
Unda “Mir Arab” madrasasi o'qituvchisi, “Abu Hafs Kabir” jome masjidi imom-xatibi Akram domla Abdullayev, umra safariga ketayotgan ellikboshilar va guruh a'zolari ishtirok etdi.
Akram domla Abdullayev ma'ruza davomida umra ziyorati ahkomlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safar oldi tayyorgarlik kabi mavzularni aytib o'tdilar.
Dars davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustoz tomonidan atroflicha tushuntirib berdi
Alloh taolo umraga otlanayotganlarning safarini xayrli qilsin, Baytullohni tavof qilishni barchamizga nasib etsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati