O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Kecha, 14 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi.
Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan Ramazon oyiga hozirlik, Qur’on kurslari, imom-xatiblar faoliyati va masjidlar, moddiy yordam singari masalalar tinglandi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Diniy idora mas’ullariga tegishli vazifalar yuklanib, ijroga kirishildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Alloh azza va jalla aytadi: "Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir" (Imom Termiziy va Imom Ahmad).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ummatim modomiki, iftorni tezlatar ekanlar, yaxshilikda bardavom bo‘ladilar", deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Iftorni tezlatish deyilganda iftor vaqti kirgandan so‘ng bir necha dona xurmo va suv bilan bo‘lsa ham og‘iz ochib olish tushuniladi.