frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar

26.02.2026   17615   1 min.
Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona markazi hamkorligida mutaxassislar uchun “Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” mavzusida onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida elektron kataloglar bilan ishlash, kutubxona fondlarini raqamlashtirish, noyob va qimmatli manabalarni  saqlash, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda milliy va xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, sohada qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ishtirokchilar batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘quv kurslari yakunida Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Asqar Gaziyev tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tadbir axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘MI Kutubxona bo‘limi

Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muharram oyida ro‘za tutgin

16.06.2026   327   1 min.
Muharram oyida ro‘za tutgin

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muharram oyi Ramazon oyidan keyin turadigan eng hurmatli oydir. Bu oy hijriy sananing boshlanish oyidir. Dinimizda bu oy urush harom qilingan oylardan biri hisoblanadi. Ashuro kuni esa muharram oyining o‘ninchi kunidir.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu oyda ro‘za tutishga targ‘ib qilganlar.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning Rasuli, Ramazondan keyin qaysi oyda ro‘za tutishimga buyurasiz", dedi.

Shunda u zot: "Agar Ramazondan keyin ro‘za tutmoqchi bo‘lsang, muharram oyida tutgin. Chunki u Allohning oyidir, unda bir qavmning tavbasini qabul qilgan yana boshqa qavmlarning ham tavbasini qabul qiladi", deb javob berdilar (Imom Termiziy rivoyati).

Maqolalar