frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha)

06.03.2026   20661   1 min.
Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha)

Shu yil 5 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent shahar "Siroj solih" jome masjididagi taroveh namozida ishtirok etib, jamoatga Ramazoni sharif fazilati, zikru tasbehning foydalari to‘g‘risida go‘zal suhbat qilib berdilar. 
 
Muftiy hazratlari masjidga yig‘ilgan mo‘min-musulmonlarga bu yil Ramazoni sharif yurtimizda o‘zgacha shukuhda o‘tayotgani, bir oygina mehmon bo‘lgan g‘animat oyning ikkinchi o‘n kunlik – mag‘firat dahasi ham o‘tib borayotgani, ushbu fursatdan foydalanib, ko‘proq duoyu iltijo, zikru istig‘for aytish lozimligini bayon etdilar. 
 

Mazmunli ma’ruza davomida Qur’oni karimdagi: «Ular iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlardir. Ogoh bo‘lingkim, Allohning zikri ila qalblar orom topur!» (Ra’d surasi, 28) oyatini sharhlab, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topishi, chunki u qalblar o‘zlarining Allohga doimiy bog‘liq ekanini his etishi va dunyo-yu u oxiratning saodati Allohning ixtiyorida ekanini yaxshi bilishini shar’iy dalil va hayotiy misollar bilan tushuntirib berdilar.  


Manfaatli suhbat yakunida Muftiy hazratlari Haq taolodan butun dunyo, xususan, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qildilar. 
#xabar #taroveh #muftiy

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha) Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha) Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha) Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha) Ramazonning g‘animat damlari va zikrning fazilati (fotolavha)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   15396   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari