frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O'z joniga qasd qilishga ruxsat berishiga raddiya

25.12.2022   2641   3 min.
O'z joniga qasd qilishga ruxsat berishiga raddiya

O'zini qasdan o'ldirganni hukmi:

 

Inson o'zini qaysi yo'l bilan o'ldirishi haromdir. Kim o'zini o'ldirsa abadiy do'zaxiydir. O'z joniga qasd qilishning oxiratdagi oqibatlari yana ham yomonroqdir. Dinimiz ta'limotida insonning o'z joniga qasd qilishi katta gunoh hisoblanadi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:

 

“...O'zlaringizni o'ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir” (Niso surasi, 29-oyat).

 

 الَّذِي يَخْنُقُ نَفْسَهُ يَخْنُقُها فيِ النَّارِ وَالَّذِي يَطْعَنُ نَفْسَهُ يَطْعَنُها فيِ النَّارِ (ﺭَﻭﺍﻩ الامَامُ ﺍﻟﺒُﺨَﺎﺭِﻱ عن ابي هريرة رضي الله عنه)

 

“Kim o'zini-o'zi bo'g'ib o'ldirsa, do'zaxda ham shu xil azobga qoladi va kim o'zini tig' bilan o'ldirsa, do'zax olovida ham xuddi shunday azobga qoladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari o'tganlardan bir kishi jarohatlandi. Besabrlik qilib pichoq oldi-da, qo'l(tomiri)ni kesib tashladi va ko'p o'tmay, qon yo'qotib vafot etdi. Alloh: «Bandam joniga qasd etdi, unga jannatni harom qildim», dedi» (Muttafaqun alayh).

 

عن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي- صلى الله عليه وسلم- قال: «مَنْ تَرَدَّى مِنْ جَبَلٍ فَقَتَلَ نَفْسَهُ، فَهُوَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ يَتَرَدَّى فِيهِ خَالِداً مُخَلَّداً فِيهَا أَبَداً، وَمَنْ تَحَسَّى سُمّاً فَقَتَلَ نَفْسَهُ، فَسُمُّهُ فِي يَدِهِ يَتَحَسَّاهُ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِداً مُخَلَّداً فِيهَا أَبَداً، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ، فَحَدِيدَتُهُ فِي يَدِهِ يَجَأُ بِهَا فِي بَطْنِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِداً مُخَلَّداً فِيهَا أَبَداً». متفق عليه.

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki tog'dan o'zini tashlab, joniga qasd qilsa, u jahannam olovida abadul-abad o'zini pastga tashlaydi. Kimki zahar ichib joniga qasd qilsa, u qo'lida zaharini tutib, jahannam olovida abadul-abad o'zini zaharlaydi. Kimki o'zini temir bilan o'ldirsa, u qo'lida temirini tutib, jahannam olovida abadul-abad u bilan o'zini uradi» (Buxoriy, Muslim va Muslim rivoyatlari).

 

Ba'zi toifalar o'zini o'zi o'ldirishlikni (portlatishni) halol deb biladi. Bizni dinimiz bunday ishlardan qaytaradi. Alloh taolodan bizlarni doimo to'g'ri yo'lga hidoyat qilishini, nafslarimiz yovuzligi va amallarimiz yomonligidan saqlashini so'raymiz.

 

Muhammadxon Nuriddinov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

ISLOHOTLAR BAHOSI odamlar hayotidan yo‘qotilgan mashaqqatlar bilan o‘lchanadi

14.08.2026   33012   1 min.
ISLOHOTLAR BAHOSI odamlar hayotidan yo‘qotilgan mashaqqatlar bilan o‘lchanadi

Prezidentimiz 2021 yilda "Bugungi O‘zbekiston – bu hali tom ma’nodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan yangi O‘zbekiston emas" degan edi. Bu iqror islohotni tayyor g‘alaba sifatida ko‘rsatishdan ko‘ra mas’uliyatliroq. Chunki mavjud kamchilikni tan olmagan davlat uni tuzatish uchun ham chora izlamaydi.
Bu gal biz nazarda tutayotgan "yo‘l" so‘zi shunchaki metafora emas. Gap mamlakatning qishloq yo‘llaridan tortib, xalqaro avtomagistraligacha, temir yo‘llaridan metrogacha, havo qo‘nalg‘asidan tranzit yo‘lagigacha bo‘lgan harakat tizimi haqida boradi. Aniqrog‘i, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston transport tafakkuriga olib kirgan eng muhim yangilik – yo‘lni alohida qurilish obyekti emas, inson, iqtisodiyot va davlatni harakatga keltiradigan yaxlit tizim sifatida ko‘ra boshlagani haqida.


Gazetani yuklab olish

Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
"Ziyo" media markazi direktori
 

Manba: "Yangi O‘zbekiston" gazetasi 2026 yil 14 avgust, 164-son

MAQOLA