Shu kunlarda O'zbekiston va Belorus o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yilligi doirasida O'zbekistonda ShHTning Halq diplomatiyasi markazi vakillari ishchi tashrif bilan Belorus Respublikasida bo'lib turibdi. Tashrif davomida “O'zbekiston-Belorus vaqt sinovidan o'tgan do'stlik” davra suhbati (28 noyabr'), o'zbek xalqining II jahon urushiga qo'shgan hissasiga bag'ishlangan ko'rgazma (29 noyabr') o'tkazildi. 30 noyabr' kuni Belorus musulmonlar birlashmasida mazkur idoraning ilmiy-tadqiqot bo'limi xodimi Maksat Ovezovning "Osnovie religii po ubejdeniyam nastavlenniex Abu Hafsa Umara ibn an-Nasafi" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Asarda buyuk ajdodimizning "Aqoid an-Nasafiya" kitobidagi matnlar o'rganilgan. Shuningdek, yurtimizdan etishib chiqqan aqoid ilmi vakillarining ilmiy merosi tadqiq qilinadi. Kirish qismida muallif yurtimizdagi birqancha ilmiy-tadqiqot institutlariga murojaat qilganligi va asar uchun ma'lumotlar to'plaganligini aytib o'tgan.
Tadbir Belorus Musulmonlar birlashmasi, O'zbekistonning Belorus Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Kun tartibidan kitob taqdimoti bilan birga Abu Hafs Umar ibn an-Nasafiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati ham o'rin oldi. Unda belorusiyalik diniy soha vakillari, o'zbekistonlik Nasafiyshunos olimlar, xususan, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari onlayn shaklda ishtirok etishdi.
O'zbekistonda ShHTning Halq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, ilm ahli o'rtasidagi o'zaro muloqatning rivojlanishi xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, buyuk allomalarimiz ilmiy merosini keng jamoatchilikka etkazish, ayniqsa, yoshlarni ajdodlardan ibrat olib, tinmay mehnat qilishga undashini ta'kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar boshlangani, bu boradagi sa'i-harakatlarimizda ilmiy diplomatiya muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Mutaxassislar kitobdan o'rin egallagan mazmun-mohiyat, ilgari surilgan g'oyalar haqida o'z fikrlarini bildirdi. Darhaqiqat, har bir ma'naviyat targ'ibotchisi bor ekan, undan ziyo tarqatishda yuksak bilim, samarali mehnat, tinimsiz izlanish, o'qib-o'rganish talab etiladi. O'zbekistonlik mutaxassislar muallifning ajdodimiz ilmiy merosini o'rganish yo'lidagi mehnatini yuksak baholadi.
Tadbir o'zaro muloqat shaklida, ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Tomonlar bu kabi tadbirlarni davomiy ravishda tashkil etib borishga, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib oldilar.
O'zbekistonda ShHT Halq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati
Shayx Ali Tantoviy rahimahulloh aytadilar:
"Bir-biringizni seving. Judolik ogohlantirishsiz keladi. Bir-biringizdan hol-ahvol so‘rab turing. Chunki hech kim oxirgi so‘zlashuv so‘nggi bor diydor qachon ekanini bilmaydi. O‘zaro ko‘ngillaringizni ko‘taringlar. Keyin afsus, degan bilan ketganni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Yodingizda tuting, hayotlik chog‘ida shirin so‘z aytmoq, mayyit peshonasini o‘pmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir".