Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Bugundan e'tiboran Parijdagi nufuzli muzeylarda O'zbekiston tarixi va madaniyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ish boshlaydi

23.11.2022   1754   2 min.
Bugundan e'tiboran Parijdagi nufuzli muzeylarda O'zbekiston tarixi va madaniyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ish boshlaydi

Frantsiyaning «Musulmans en France» («Frantsiyadagi musulmonlar») onlayn-gazetasida «O'zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo'llari chorrahasida» va «Samarqandga yo'l. Ipak va oltin mo''jizalari» sarlavhali tahliliy maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«O'zbekiston sayyohlarni tobora o'ziga jalb etayotgan davlatlardan biri, deb yozadi onlayn-nashr. Toshkent, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar sizda qiziqish katta uyg'otish barobarida hayratingizni oshiradi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida evropalik hamkorlarni Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an'analari bilan keng tanishtirish maqsadida noyabr' oyida Parijda yirik ko'rgazma o'tkazilishini ta'kidladi».
Maqolada xabar qilinganidek, 23 noyabrda Parijdagi nufuzli ikkita muzeyda O'zbekiston haqidagi ko'rgazmalarning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. «Bu nafaqat Luvrda O'zbekiston vohalarining boyligi va ulug'vorligini kashf qilish, balki bu dunyo tarixini shakllantirgan ipak va oltin mo''jizalari bilan tanishish maqsadida Samarqandga “o'ziga xos safar” safar qilish uchun ham imkoniyatdir, deb yozadi «Musulmans en France». Joriy yilning 23 noyabrdan 2023 yilning 6 martigacha dunyoning eng go'zal muzeylaridan biri – Luvrda tsivilizatsiyalar chorrahasi xazinalari, mashhur Ipak yo'li o'tgan vohalar taqdim etiladi. Bu erda Samarqand va Buxoroning qadimiy merosi bilan bevosita tanishishingiz mumkin».
Maqolada ta'kidlanganidek, taqdim etilgan barcha asarlar xorijda ilk bor namoyish etilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ko'rgazmada17 asrlik tarix, Yaqin Sharq, ellinistik dunyoni va Osiyo chorrahasini ifodalovchi 130 ta asar namoyish etiladi.
«Bugungi O'zbekistonning o'zi kabi ko'rgazma ham G'arb va Sharq o'rtasida mavjud bo'lgan madaniyatlar chorrahasi merosini taqdim etadi, deb yozadi «Musulmans en France». Arab dunyosi institutida ham o'zbek xalqining o'ziga xos an'analarini o'zida mujassam etgan noyob asarlar to'plami namoyish etiladi».
Ta'kidlanganidek, O'zbekiston san'at va madaniyat jamg'armasi ko'magida o'tkazilayotgan ushbu ko'rgazmada o'zbek hunarmandlarining asarlari namoyish etiladi. Ko'rgazmada XIX – XX asr o'rtalariga oid milliy to'qimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardo'zli choponlari bilan tanishish mumkin. «Bundan tashqari, namoyishda O'zbekiston davlat muzeylari kollektsiyasidan to'plangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar ham o'rin olgan. Chunki O'zbekiston tarixida muhim o'rin tutgan ushbu davr ko'plab Sharq rassomlarini ilhomlantirgan», deb yozadi onlayn-gazeta.


O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Huquqiy savodxonlik soati

07.05.2025   3675   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 


Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.


Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 


Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati
O'zbekiston yangiliklari