Manchesterda Yevropaning eng yirik halol oziq-ovqat festivali bo'lib o'tadi, u butun Buyuk Britaniyadan minglab odamlarni jalb qilishi tahmin qilinmoqda.
Islam.ru xabar berishicha, halol oziq-ovqat festivali shaharda 27 avgustdan 28 avgustgacha bo'lib o'tadi.
100 dan ortiq eksponentlar bilan u Blekbern, Bolton, Bredford va D'yusberi kabi yaqin hududlardan odamlarni jalb qilish kutilmoqda.
"Islamic Relief UK Manchesterdagi halol oziq-ovqat festivalining rasmiy xayriya hamkori bo'lish sharafiga muyassar bo'lmoqda", - deydi Islamic Relief UK direktori Tufayl Hussayn.
"Bu ochiq havodagi ajoyib tadbir bo'ladi va biz o'yin-kulgi, bayram va mazali taomlardan bahramand bo'lish uchun birga yig'iladigan jamiyatning barcha tabaqalaridagi minglab odamlarni kutib olishni orziqib kutmoqdamiz. Ko'ngilochar yarmarkadan tortib bolalar maydonigacha, shuningdek ibodat qilish joylariga qadar ajoyib tadbirlar bo'ladi", – dedi Husayn.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalar doirasida ishchi guruh rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati