Joriy yilning 14 dekabr' kuni Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurtida «Qur'oni karim musobaqasi» bo'lib o'tdi.
Musobaqa Qur'oni karim tilovati bilan boshlanib, Qur'on tilovatini «Qur'oni karim-2022» musobaqasi g'olibi, bilim yurti 3 bosqich talabasi Zikrullo Matlabov o'qidi.
«Qur'oni karim musobaqasi»ni bilim yurti mudiri Jalalatdin domla Abdirazakov ochib berdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Agar Qur'oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo'ladi. Elimizga nur keladi» degan so'zlari chuqur ma'noga ega ekanligini, yurtimizda qad rostlagan masjid va madrasalarda Qur'oni karimning eshitilishi ajdodlarimizning orzu-armoni bo'lganligini, bilim yurti talabalari yaratilgan keng imkoniyatlardan, fidoyi ustozlarning mehnatidan unumli foydalangan holda bilimli, ilmli, etuk inson bo'lib etishishga intilishi kerakligini ta'kidladi. Bugungi musobaqada talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Musobaqada talabalar murattab va mujavvid yo'nalishlari bo'yicha o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi. Talabalarni bilim yurtining Qur'oni karim va tajvid fani o'qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati baholab bordi.
Musobaqaning murattab yo'nalishi bo'yicha bilim yurtining 1 bosqich talabasi Muhammadrasul Marufjonov birinchi, 4 bosqich talabasi Abdulxay Madaminov ikkinchi, 3 bosqich talabasi Daniyar Matlabov uchinchi o'rinni egalladi. Mujavvid yo'nalishi bo'yicha bilim yurtining 1 bosqich talabasi Oyatullo Hakimov birinchi, 3 bosqich talabasi Abdulaziz Bobomelikov ikkinchi, 4 bosqich talabasi Muhammadamin A'zamqulov uchinchi o'rinni egalladi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari hamda barcha ishtirokchilar diplom, kitob va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.







Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.
Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati