frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Nabiy alayhissalomning ahli baytlari haqlaridagi salafiy vahhobiylarning jinoyatlari

17.03.2022   2130   2 min.
Nabiy alayhissalomning ahli baytlari haqlaridagi salafiy vahhobiylarning jinoyatlari

1926-yil vahhobiylik harakati tamonidan jannatul Baqe' qabristonidagi maqbara gumbazlarini buzib tekkislash ishlari boshlandi.

Buning oqibatida Nabiy alayhissalomning ulug' ahli baytlari qabrlari xarobaga aylantirildi.

Ushbu nodir surat Madinai munavvarada joylashgan jannatul Baqe' qabristonida qo'nim topgan ahli bayt alayhimussalomlarning maqbara gumbazlaridir.

Ularga Allohning solatu salomlari bo'lsin.

1-katta gumbaz. Uning ostida:

Sayyida Fotimai Zahro roziyallohu anho (otasining onasi) va Sayyidimiz Abbos ibn Abdul Muttolib,

Sayyidimiz Hasan ibn Ali,

Sayyidimiz Ali Zaynul Obidiyn,

Sayyidimiz Muhammad Boqir ibni Ali,

Sayyidimiz Jafaru Sodiq roziyallohu anhumlar yotibdilar.

2-gumbaz ostida Nabiy sollallohu alayhi va sallamning qizlari:

Sayyida Zaynab,

Sayyida Ruqayya,

Sayyida Ummu Kulsum roziyallohu anhumlar.

3-Mo'minlar onalarining gumbazi. Unda:

Sayyida Hadija va sayyida Maymuna roziyallohu anhumolardan boshqa barcha onalarimiz dafn etilganlar.

4-Bani Hoshim gumbazi. Unda:

Uqayl ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Ja'far ibn Abu Tolib, Abu Sufyon ibn Al-Horis ibn Abu Toliblar yotibdilar. Alloh ularning barchalaridan rozi bo'lsin.

5-gumbaz. Unda:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o'g'illari sayyidimiz Ibrohim va bir qancha sahobalar ulardan:

Sayyidimiz Usmon ibn Maz'un,

Sayyidamiz Fotima bintu Asad,

Sayyidimiz Sa'd ibn Abu Vaqqos,

Sayyidimiz Abdurahmon ibn Avf,

Sayyidimiz As'ad ibn Zirora,

Sayyidimiz Hanis ibn Huzofa,

Sayyidimiz Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhumlar yotibdilar.

6-Imom Molik va u kishining shayxi imom Nofe' gumbazi.

7-Usmon ibn Affon gumbazi.

8-9-gumbazlar. Unda ulug' sahobalardan:

Sa'd ibn Muoz, Abu Sa'id al-Hudriy roziyallohu anhumlar dafn etilgan.

Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Imom Buxoriy" ordeni — yuksak ehtirom ramzi!

28.08.2026   883   2 min.

Kuni kecha mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi.

Eng quvonchlisi shuki, tadbirda diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan taniqli ulamolarimiz va faxriylarimizning zahmatli mehnatlari yuksak darajada e’tirof etildi!

Xususan, Diniy idora tizimida uzoq yillardan beri samarali xizmat qilib kelayotgan ustozlardan  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur, Samarqand viloyati Payariq tumani "Imom al-Buxoriy" jome masjidi faxriy imomi Mahmudjon domla Ibodullayev, Buxoro viloyati Kogon tumani "Bahouddin Naqshband" jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov "Imom Buxoriy" ordenini Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib olishdi.

Ustozlarning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, xalq ichida ma’rifat ulashishdagi fidoyiliklari davlatimiz tomonidan yuksak qadrlangani butun diniy-ma’rifiy sohada mehnat qilayotganlar uchun katta faxr va sharafdir.

Ushbu voqea Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash hamda rivojlantirishga qaratilayotgan izchil va xayrli siyosatning amaliy ifodasidir.

Xalqimizda qadimdan ma’rifat ahlini ulug‘lash, ularning zahmatli mehnatini qadrlash ezgu an’ana sanaladi. Islom ta’limotida ham ilm egalariga alohida maqom va hurmat bilan qaraladi. Zero, Imom Termiziy bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deyilgan.

Ulamolarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tiborning nechog‘li xayrli ekani quyidagi hikmatda ham o‘z ifodasini topgan. Ulug‘ zotlardan biri Tovus rahmatullohi alayh otasidan quyidagicha rivoyat qilgan: «To‘rt kishini hurmat qilish sunnatdir: olim, yoshi ulug‘ inson, podshoh va ota» (Imom Abdurazzoq rivoyati).

Mazkur yuksak mukofot milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, Islom ma’rifatini keng targ‘ib etish, jamiyatda bag‘rikenglik va tinchlik-omonlikni bardavom saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik xayrli xizmatlarning munosib e’tirofidir.

Davlatimizning bunday e’tibori diniy soha xodimlariga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi, ma’naviy yuksalish yo‘lidagi xayrli xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, insha Alloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari