Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida 22-25 noyabr kunlari tashkil etilgan “Sibir – muloqot hududi” xalqaro forumida O'zbekiston musulmonlari idorasining vakili ishtirok etdi.
Yaman, Livan, Finlyandiya, Mongoliya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa xorijiy davlatlardan kelgan 80 dan ziyod muftiylar, ulamolar, siyosiy arboblar, zamonaviy olimlar, soxa mutaxassislari, ko'plab din vakillari, elchi va diplomatlar qatnashgan nufuzli xalqaro forumda idora vakili Ibrohimjon domla Inomov “Islom dinida bag'rikenglik asoslari” mavzusida ma'ruza qilib berdi. Nutqda aytilgan O'zbekistonda bo'layotgan islohotlar, xususan diniy soxadagi jiddiy o'zgarishlar va ko'plab yangiliklar xalqaro anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
Halqaro forumda "Islom va pravoslavlik – ko'pasrlik hamkorlik tajribasi. Hozirgi zamon tahdidlariga javoblar" mavzusida turli muhokamalar va dolzarb munozaralar bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi va o'zbek diasporasi tomonlaridan tashkil etilgan uchrashuvlarda Novosibirsk va Tomsk shaharlarida yashab xizmat qilayotgan vatandoshlar, o'quv dargohlarida tahsil olayotgan talabalar bilan dildan o'tkazilgan suhbatlarda milliy va diniy qadriyatlar xususida so'zlab berildi.






O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati