Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

MO‘MIN O‘TMISH VA KЕLAJAKDAN QO‘RQUVDADIR

22.07.2019   2670   1 min.
MO‘MIN O‘TMISH VA KЕLAJAKDAN QO‘RQUVDADIR

"Mo‘min banda ikki xavf o‘rtasidadir. Birinchisi: o‘tgan gunohlaridan qo‘rqadiki, ularni Alloh nima qilganini bilmaydi. Ikkinchisi: umrining qolgan qismida boshiga nima halokatlar kelishini bilmaydi”[1].

Bunday ikki xavf orasida turgan mo‘min, shubhasiz, dunyo hayotiga iltifot etmaydi. Imoni salomat bo‘lishi uchun qayg‘uradigan mo‘min, faqat Haqqa yolvorish va sig‘inishgina saodat ekanini anglab, jahannam azobi va Allohning g‘azabiga uchramaslik uchun zo‘r berib harakat qiladi. Ertadan kechgacha kayfu safo surish bilan umrini o‘tkazadigan, oxirat haqida o‘ylamaydigan  kishi  hech  qachon  komil  va  yetuk  musulmon bo‘lolmaydi.

Hukm va taqdiriga rozi bo‘lmaganlarga buyuk Alloh: "Kim mening taqdirimga rozi bo‘lmasa, yuborgan baloimga sabr qilmasa, o‘ziga mendan boshqa ma’bud qidirsin", deb o‘z hukmini e’lon qilganki, bu banda uchun juda katta tahdid, qo‘rqinchli va ayni paytda buyuk haqiqatdir.

 

Shayx Muhammad Zohid Qo‘tquning

“Mo‘minning sifatlari” kitobidan

 

[1] “Ramuz al-ahodis” 230/15 roviy hazrati ibn Muborak (r.a.).

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jannatdan uy

18.05.2025   8745   1 min.
Jannatdan uy

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.