Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

Ilm-hunar egallash – farz

19.12.2017   5210   1 min.
Ilm-hunar egallash – farz

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Har bir musulmonga ilm-hunar egallash farzdir”, deb marhamat qilganlar. Bu hadis hikmatini teran anglagan ota-bobolarimiz hunarmandchilik, dexqonchilik, savdo-sotiq kabi halol kasblar bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratgan. Farzandlari ham ilmu hunar o‘rganib, tadbirli  bo‘lishlariga alohida  e’tibor berishgan.

Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan so‘zlari ham yurtimizda tadbirkorning mavqei azaldan yuqori bo‘lganini bildiradi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

“Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik. Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik” (Naba’ surasi, 10-11).

Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deydilar: “Kim tilanchilik qilishdan saqlanib, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat ko‘rsatish maqsadida halol yo‘lda rizq topishga intilsa, qiyomat kuni Alloh taologa yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lib yo‘liqadi”.

Demak, kishining halol rizq uchun  harakat qilishi ham ibodat hisoblanar ekan.

Har qanday kasbni puxta bilish, mohir usta bo‘lish uchun o‘sha kasbga mehr berish, sirlarini mukammal egallash kerak. Hunariga muhabbati bor inson  charchamaydi, mehnati natijasidan quvonadi. Kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa,  dili quvonadi.

Inson o‘ziga berilgan aql-farosat, zehn-idrokni ishga solib, yaxshi niyatlar bilan kasb-hunar, tadbirkorlik, dehqonchilik qilib, oilasini boqishi, el-yurtga foyda keltirishi zarur. Zero, halol mehnat bilan kishi ulug‘ darajalarga yetadi.

 

Rustamjon MAHMUDOV,

“Sayyid Muhyiddin maxdum” islom o‘rta-maxsus bilim yurti mudarrisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   9970   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar