Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

“O‘zbekiston ulamolari”

04.12.2018   4457   1 min.
“O‘zbekiston ulamolari”

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yurtimizning diniy, ijtimoiy-madaniy hayotida munosib o‘rin egallagan rasmiy diniy va mustaqil tashkilot sifatida ma’lum. Ushbu kitobda mazkur idora tashkil topganidan buyon o‘tgan 70 yildan ortiq vaqt mobaynida Vatan, din, xalq xizmatiga bel bog‘lagan, umrini islom ma’rifatini yoyish yo‘lida baxshida etgan din arboblari, mudarrislar, imom- xatiblar hayoti va faoliyati xaqidagi ma’lumotlar jamlangan.

Kitobga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Baxtiyor Bobojonov mas’ul muharrirlik qilgan.

Asar ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda: O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi mustamlakasi bo‘lgan davrda musulmon diniy tashkilotlari, Qatag‘on yillari: zulm va istibdod, Mustaqillik yillari: milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi kabi mavzularda ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

Ikkinchi qismda esa, vatan, din va xalq xizmatida faoliyat yuritgan diniy idora rahbarlari, muftiylar, ularning o‘rinbosarlari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, Toshkent islom instituti rektorlari, Mir Arab madrasasi mudirlari hamda respublikamizning viloyat, shahar va tumanlarida mehnat qilgan imom-xatiblarning tarjimayi hollari, ilm yo‘lidagi ibratli namunalari bayon etilgan.

Asar so‘ngida O‘zbekiston musulmonlari idorasida ko‘p yil mehnat qilgan xodimlar va yurtimizda tahsil olgan xorijlik din arboblari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

 

Kitob “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan.

Muallif: Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jayev.

Nashriyotda sotiladigan narxi: 55000.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

15.07.2025   1521   1 min.
Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
 

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari