Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Siz go‘zal xulq sohibisiz, yo Rosulalloh!

04.12.2018   2568   3 min.
Siz go‘zal xulq sohibisiz, yo Rosulalloh!

2018 yilning 3 dekabr kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Siz go‘zal xulq sohibisiz, yo Rasululloh” nomi ostida siyrat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri A.Inoyatov, faxriy ustozlar va boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbir musobaqa tarzida olib borildi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad talabalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini yanada mukammalroq o‘rganishlari nazarda tutilgan.

Tadbirni ochish uchun so‘z bilim yurti mudiri J.Elovga berildi. Ustoz bo‘lib o‘tayotgan tadbir bilan barcha ustoz va talabalarni tabriklab, musobaqani ochiq deb elon qildilar va o‘tganlarni xotirlab Qur’on tilovati va duoi xayrlar qilindi.

Musobaqada 2- va 3-kurslardan olti talaba “Ansorlar” jamoasi, 4-kurslardan esa olti talaba “Muhojirlar” jamoasi bo‘lib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Siyrat musobaqasining shartlari quyidagicha bo‘ldi:

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari.
  2. Sahobalarning nomlarini aytish.
  3. Sahobiya ayollarning nomlarini aytish.
  4. Hudaybiya sulhi va Makka fathini yoritib berish.
  5. Shamoili Muhammadiya kitobidan bahslashish.
  6. Go‘zal salovot aytish.

Talabalarning shartlarga to‘liq va aniq javob berishlarini bilim yurti ustozlaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Birinchi shartda har ikkala jamoa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlarini juda ham ajoyib tarzda bayon qilib berdilar. Ikkinchi shartda esa ikkala jamoa 90 ta sahobaning ismini sanab berdilar. Uchinchi shartda sahobiya ayollardan 97 ta aytib berdilar. To‘rtinchi shartda talabalar ko‘rgazmali qurollar yordamida Hudaybiya sulhi va Makka fathini juda xam chiroyli tarzda yoritib, undan olinadigan ibratlarni bayon qilib berdilar. Beshinchi shartda Shamoili Muhammadiya kitobidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tana tuzilishlariga oid xalqiy sifatlarini aytib berdilar. So‘nggi shartda har ikkala jamoa ham go‘zal bir salovotni tarannum etdilar.

Tadbir davomida ustozlar tomonidan viktorina savol-javoblari tomoshabin talabalarga berildi. Savollarga to‘liq va aniq javob berganlarga homiylar tomonidan kitoblar taqdim etildi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra har ikkala jamoa ham bir xil natija ko‘rsatib g‘olib bo‘ldilar. Ishtirokchilarimizga bilim yurti ma’muriyati va homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

So‘z navbati ustozimiz A.Inoyatovga berilganda, u kishi: “Haqiqatan ham talabalarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini juda ham zo‘r o‘rganibdi. Men hali bunday siyrat musobaqasini ko‘rganim yo‘q. Ayniqsa, sahoba va sahobiya ayollarni sanab berayotganlarida juda ham xursand bo‘ldim. Hudaybiya sulhi voqeasi va Makka fathini talabalarimiz juda ham ta’sirli bayon qilib berdilar”, dedilar.

Tadbirni bilim yurti mudiri J.Elov duoi-xayr bilan yakunladilar.

Mir Arab O‘rta maxsus islom bilim yurti  o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ismatillo Xolnazarov

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

15.07.2025   1520   1 min.
Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
 

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari