00:00 Qurbonlik qilish kimlarga vojib?
01:38 Qurbonlik qilishni vojib qiladigan boylikning miqdori qanday hisoblanadi?
04:20 Butun bir oiladan birgina qo‘y kifoya qiladimi?
05:03 Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki katta o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joizmi?
06:25 Beparvolik qilib qurbonlik qilmagan kishi nima qiladi?
06:54 O‘tganlarni nomidan qurbonlik qilinadimi?
08:02 Erkak yoki urg‘ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?
08:30 Qurbon hayiti kuni qurbonlik qilishdan avval biror narsa yemay turishning diniy asosi bormi?
09:00 Qurbonlik qilishni niyat qilgan kishi tirnoq va sochlarini olmasligi kerakmi?
12:02 Vakillik yo‘li bilan qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
12:25 Qurbonlikni vaqti haqida to‘xtalib o‘tsangiz?
13:42 Qurbonlik qilish mumkin bo‘lgan kunlardan qaysi birida qurbonlik qilish afzal?
14:21 Musofir kishiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladimi?
14:47 Qassobga qurbonlik go‘shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
16:13 Qurbonlik so‘yishda "Bismillahi Allohu akbar" demasdan "Bismillah" desa ham o‘tadimi?
16:30 Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik boshqalar sherik bo‘la oladimi?
17:38 Qurbonlik go‘shtidan boylarga bersa bo‘ladimi?
18:24 Hayvon sotib olinganidan so‘ng kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
19:25 Qurbonlik go‘shtidan o‘zga din vakillariga ham berish mumkinmi?
19:43 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga atab qurbonlik uchun qo‘y so‘yish mumkinmi?
20:16 Aqiqa va Hayitning qurbonligini bitta qilsa bo‘ladimi?
21:18 Tuya va sigirga bir kishi qurbonlik, yana biri nazr, yana biri aqiqa, yana biri nafl niyatida qo‘shilsa bo‘ladimi?
22:21 Hayvon so‘yganda uni og‘iz bilan puflab shishirish joizmi?
23:31 Qurbonlik qilinadigan hayvon necha yosh bo‘lishi kerak?
24:00 Qurbonlikka yig‘ilgan pulni ehson qilish afzalmi?
24:37 Hajdagi qurbonlik, vojib qurbonlikka o‘tadimi?
26:37 Qurbonlik qilishda maxsus duo bormi?
27:24 O‘zi so‘ygani yaxshimi yoki qassobga so‘ydirganimi?
28:43 Qurbonlik qilayotganda hayvonning oyog‘idan ushlab turish kerakmi?
29:03 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatning nomidan qurbonlik qilganmilar?
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.
Мусо ибн Талҳа розияллоҳу анҳу Талҳа розияллоҳу анҳудан ривоят қилади: “Ё Аллоҳнинг Расули, сизга салавот қандай айтилади?” деб сўрадим.
У зот алайҳиссалом: “Аллоҳумма солли ъалаа Муҳаммадин камаа соллайта ъалаа Иброҳийма иннака ҳамийдун мажийд. Ва баарик ъалаа Муҳаммадин ва ъалаа аали Муҳаммадин, камаа бааракта ъалаа Иброҳийма иннака ҳамийдун мажийд”, деб айт”, дедилар.
Салавотнинг маъноси: “Аллоҳим! Иброҳимга салавот йўллаганингдек, Муҳаммадга ҳам салавот йўллагин. Албатта, Сен мақтовга лойиқ ва улуғвор Зотсан. Иброҳимга баракот берганингдек, Муҳаммад ва Муҳаммаднинг оиласига ҳам баракот бергин. Албатта, Сен мақтовга лойиқ ва улуғвор Зотсан”.
Абу Саид Ҳайсам ибн Кулайб Шошийнинг
“Муснади Шоший” асаридан
Даврон НУРМУҲАММАД