Қуръон мусобақаси Сирдарёда давом этади
Бугун, 17 январь куни Қуръон мусобақасининг ҳудудий босқичи Сирдарё вилоятида давом этади. Гулистон шаҳридаги “Осиё” кошонасида давом этаётган мусобақа ўзининг энг юқори босқичига кўтарилмоқда. Ушбу ҳудуддаги хушхон ҳофизи каломуллоҳлар, ёқимли қироатлари билан бугун чиқишларини давом эттиришади. Якунда ҳудудий босқичнинг мутлақ ғолиблари эълон қилинади ва уларга тантанали равишда Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг дипломи ва қимматбаҳо совғалар топширилади.
Бизни кузатишда давом этинг, ушбу вилоятдаги ҳудудий босқич жараёнлари бир соатдан кейин онлайн ёритиб борилади.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#Xushxabar #Ilmiy_faoliyat
2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari tasdiqlandi.
Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga asosan 2025-yilda 252 ta tashkilot tomonidan 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida, jami 1265 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbir o’tkazilishi rejlashtirilgan.
Eʼtiborlisi, mazkur roʻyxatda Toshkent islom instituti kafedralari tomonidan taklif etilgan konferensiyalar mavzulari ham kiritilgan.
Joriy yil 24-aprelda “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro va 30-oktyabrda “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar” mavzusida respublika miqyosidagi konferensiya Toshkent islom institutida oʻtkaziladi.
Xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’xati (https://innovation.gov.uz/media/post_attachments/Xalqaro_anjumanlar_baza_2025.pdf)
Respublika miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’yxati (https://innovation.gov.uz/media/post_attachments/Respublika_2025_baza.pdf)
Манба: @ilmiy_darajali_kadrlar
https://t.me/oliymahad