Mamlakatimizda keyingi yillarda fuqarolarning diniy erkinligini ta'minlash, bag'rikenglik, ma'rifiy islom g'oyalarini targ'ib qilish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yaqin yillar ichida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida O'zbekistonning boy diniy-ma'naviy tarixga da'vogarligi amaliy harakatlarda namoyon bo'lmoqda.
2020 yil Buxoro shahri – “Islom madaniyati poytaxti”, Hiva shahri – “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti”, deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yil davomida mamlakatimizda bir qator xalqaro anjumanlar tashkil etiladi. Turkiyalik muhtaram olimu ulamolarimiz ushbu madaniy-ma'rifiy tadbirlarning aziz mehmonlari bo'ladilar, deb ishonaman”.
Bundan tashqari yurtimiz viloyatlarida kalom, fikh, aqida va tasavvuf ilmiy maktablari ochilgani, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik”, “Fikh”, “Qur'on”, “Hadis” kabi yangi diniy mutaxassisliklar bo'yicha o'quv rejasi joriy etilib, diniy ta'lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida “Qur'onshunoslik va hadisshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunoslik”, “Aqida” kabi kafedralar ochilgani, yurtimizda diniy sohani rivojlantirish uchun qanchalik e'tibor berilayotganini ko'rishimiz mumkin.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidlarni oliy diniy ma'lumotga ega imom-xatiblar bilan ta'minlash maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Maxsus sirtqi bo'lim tashkil etildi.
− Diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib jalb qilingan shaxslardan 16 mingdan ziyodi huquqni muhofaza qilish organlari «qora ro'yxati»dan chiqarildi.
− Va yana e'tirof etmay ilojimiz yo'q, qayd etilishicha, bugungi kungacha o'tkazilgan «Mehr-1, 2, 3, 4» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg'onistonda og'ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 438 nafar ayollar va bolalar O'zbekistonga olib kelindi.
Va yana boshqa hamkor davlatlar ko'magi bilan amalga oshirilgan «Mehr-5» operatsiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan «qaynoq nuqtalarga» borib qolib, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar O'zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, O'zbekistonga olib kelingan bolalar orasida ham otasini, ham onasini yo'qotgan 7 nafar chin etim bola bor. Tan olish kerakki bu g'amxo'rlik, Yurtboshimizning o'zini xalqiga mehr- muruvvati, xalqimiz dardiga befarq emas ekaniga yorqin dalil hisoblanadi.
Mustaqilligimiz yurtimiz uzra sochgan ziyo sharofati o'laroq Respublikamizning o'zida ikki mingdan ortiq masjid faoliyat olib bormoqda. Yildan-yilga masjidlar soni ham ortib borishligi ham yurtimizda diniy islohatlarga e'tibor yuksakligini ifodasidir.
Hulosa o'rnida shuni ta'kidlaymizki: Shunday imkoniyatlar yaratilayotgan vaqtda bizning vazifamiz ulardan unumli foydalanish va diniy-ma'rifiy, shu bilan birga, ilmiy soha rivojiga o'z hissamizni qo'shishdan iboratdir.
Muhammad Ayub Faxriddinov,
To'raqo'rg'on tumani “Abdulvahhob qori” jome
masjidi imom xatibi
27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.
Kirish nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning munosib hissasi haqida alohida ta’kidlandi.
Tantanali tadbir davomida diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Esdalik nishonlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zokirovlar ishtirok etdilar.
Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va e’tirof ramzidir.
Tadbir yakunida taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini ta’kidladilar.
Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati