Mazhab masalasi keyingi yillarda kishilar og'zidan tushmasdan, ko'pchilik tolibi ilmlar,ahli ilm, ahli ibodat o'rtasida ayrim tushunmovchiliklarga sabab bo'layotgani sir emas. Bizlar mazhab masalasi haqida ajdodlarimizdan davomli ravishda asrlar davomida o'rganib, odatlanib kelgan yo'limiz naqadar Qur'onu hadisga muvofiq ekanini bilganimiz uchun gapiramiz. Kishilarning mazhabga bee'tiborligi ularning mazhab o'zi nima, asoschilari kimlar ekanligini bilmaganliklaridandir, ya'ni jaholatdandir. Dini Islom Allohning komil va so'nggi dinidir. U bizga, butun Insoniyatga to Qiyomat o'zgarmay amal qilish uchun yuborilgan dindir. U ma'lum bir mintaqadagi bir millat yoxud bir qavmga bir muddat amal qilish uchun yuborilgan din emas. Dinimizning buyukligi, uning boshqa dinlardan farqi ham mana shundadir.
Demak, ana shunday ulug' va butun Olamni qamrab oladigan Allohning so'nggi va barkamol dini — dini Islomni qabul qilgan kishilarning qavmlari ham, tillari ham, zamonlari ham, makonlari ham xilma-xilligidan kelib chiqib, bu erlarga dinni etkazib kelgan kishilarning ta'limotlariga asosan diniy amallarini ado etarkanlar, ana shu amallarda bir mintaqadagi musulmonlarning amallari ayrim masalalarda boshqa mintaqadagi musulmonlarning amallaridan farqli bo'lib qolishi mumkin. Va bu narsa dinimizning kengligi, Alloh taoloning siz va bizga bergan katta ne'matlaridan biridir. Chunki dini Islom Olamga yoyilishi bilan, butun olamdagi kishilarning amal qilishi uchun har tomonlama mos, engil, oson ravishda bo'lishini Allohning o'zi ta'minlagan va bunga"sabab qilib janobi Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan sizu bizga dinni etkazib kelgan ulamolarimizning dunyoning har tarafida paydo bo'lishini Alloh taoloning O'zi xohlagan ekanki, bu har birimiz uchun yaxshilikdur.
— Mazhablar xilma-xilligi haqida, ular o'rtasidagi ba'zi ixtiloflar haqida xar xil fikrlar bildiradigan kishilar bor. Ba'zilar: "Qur'on bitta bo'lsa, dinimiz bir, shariatimiz bir bo'lsa, nega 4 ta mazhab bo'lishi kerak?" deb ay-tadilar. Umuman, mazhab bo'lishi shartmi, kishining muayyan mazhabda bo'lishi shartmi, deb so'raydilar.
Bu savollarga biz Rasululloh alayhissalomning hadislari bilan javob beramiz. Janobi Rasululloh aytadilar: "Har bir ibodatingizda avvalo Allohning kitobi — Kalomullohga murojaat qilasizlar, Unda nima deyilgan bo'lsa — shunga amal qilasizlar, agar Qur'onda biron masalaning javobini topolmasangiz, u holda Mendan qolgan, Mendan o'tgan sunnatga murojaat qilasizlar, mening hadislarimga amal qilasizlar, agar hadislarimdan ham topolmasangiz, u holatda sahobalarimning aytgan gaplariga ergashasiz. Chunki sahobalarim osmondagi yo'lchi yulduzlarga o'xshaydilar. Manzilatlari shu qadar buyukdir, ularning qaysi biriga ergashsangiz, hidoyat yo'liga etaklab keta ola-dilar. Sahobalarim o'rtasida xilma-xil
masalalar aytilishi ham Sizlar uchun Allohning marhamatidir".
Mana shu hadisdan janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam O'zlaridan keyingi sahobalar orasida ayrim masalalarda ixtiloflar bo'lishi ehtimolini bayon qildilar. Kaysi sahobaga ergashsangiz adashmaysiz, birini haq, ik-kinchisini nohaq, deyishga haqqingiz yo'q, deb marhamat qildilar. Bu dinimizning kengligidan dalolatdir.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni bir daqiqa bo'lsa ham iymon bilan ko'rib qolgan kishi sahoba deb ataladi. Payg'ambarimizning sahobalari 124 ming nafar bo'lgan ekan.
Sahobalarning manzilatlari shu qadar buyukki, Allohning do'sti bo'lgan mingta avliyo, birsahobaga martabada teng bo'lolmas ekan. Chunki, ular Rasulullohga zamondosh bo'lib, Saodat Asrida yashagan, dini Islomni butun olamga tarqatishda Rasulullohga ko'makdosh bo'lgan kishilardir.
Tolibjon Sharipov
"Report" xabariga ko‘ra, tashrif O‘zbekiston bo‘ylab media-tur doirasida bo‘lib o‘tdi.
Imom Buxoriy maqbarasi Samarqand viloyatidagi eng muhim ma’naviy va tarixiy obidalardan biridir.
Tashrif davomida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari Imom Buxoriy maqbarasi, masjid, muzey va kutubxona vazifasini bajaruvchi xonani o‘z ichiga olgan yodgorlik majmuasi hududi bilan tanishdi. Jurnalistlarga majmuaning yaratilish tarixi, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, uning islom ilm-fanidagi alohida o‘rni haqida so‘zlab berildi.
Media-tur ishtirokchilari majmuaning muzey qismiga alohida e’tibor qaratdi. Bu yerda islom madaniyati va Imom Buxoriy merosiga oid qo‘lyozmalar va turli tarixiy materiallar taqdim etilgan. Shuningdek, muzeyda turli mamlakatlar vakillari tomonidan majmuaga sovg‘a qilingan Qur’oni karim nusxalari ham saqlanadi.
Ishtirokchilarga majmua turli mamlakatlardan kelgan dindorlar uchun ziyoratgoh va allomaning ma’naviy merosini asrab-avaylashning muhim markazi ekanligi haqida so‘zlab berildi. Jurnalistlar majmuaning me’moriy xususiyatlari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishdi.
Imom Buxoriy eng nufuzli islom ulamolaridan biri va islom an’anasidagi eng muhim hadis to‘plamlaridan biri bo‘lgan "Sahih al-Buxoriy" hadislar to‘plamining muallifi hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati