Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.
Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Ho'ja Alambardor», «Yunusobod Oqtepa», «Minor» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Sayfuddinov Rahmatulloh domlaga Alloh taolodan kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Iordaniya vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Iordaniyaga tashrifimiz davomida Vaqf, Islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Xalqlarimizni umumiy din va an’analar bog‘lab turadi. Ta’lim sohasida hamkorlik qilish, jahon tendensiyalari bo‘yicha muntazam fikr almashishni tashkil etish, yuz berayotgan chaqiriqlarni hal etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildik".
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati