Mehmonlarni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim domla Muhammadsidiqov kutib olib, institut tarixi va faoliyati bilan tanishtirdi.
Ma'lumot o'rnida doktor Hamza Bakriy Iordaniyada 1982 yilda tug'ilgan. U 2011 yilda Iordaniya universitetida Hadis fanlari bo'yicha doktorlik darajasini oldi va Fanlar kollejida o'qituvchi sifatida faoliyatini olib bordi. 2018 yildan hozirgi kungacha Istanbuldagi Ibn Haldun universiteti Ilohiyot fakul'teti professori hisoblanadi.
▫️Ko'plab maqolalari ilmiy va tadqiqot jurnallarida chop etilgan, u shuningdek, bir nechta kitoblar muallifi. Turkiya, Iordaniya, Falastin, Jazoirda o'tkazilgan xalqaro konferentsiyalarda ma'ruzalari bilan qatnashgan.
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.