frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Yoshlarimizni ongini zaharlaydigan yo'ldan ogoh bo'ling!

17.09.2021   1273   4 min.
Yoshlarimizni ongini zaharlaydigan yo'ldan ogoh bo'ling!

Butun olamlar Robbisi Alloh taolo O'zining haq dinini butun olamlarga rahmat bo'lgan  payg'ambari Muhammad sallollohu alayhi vasallamga yubordi. Bu din butun dunyoga tez fursatlar ichida tarqala boshladi, insonlar sekin-asta, ammo to'p-to'p, jamoa holida bu dinga kira boshladilar. Alloh taolo O'zining muqaddas kitobi Qur'oni karimda bu haqda shunday deydi:

وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا

“Va, siz insonlarni to'p-to'p bo'lgan hollarida Allohning diniga kirayotganini ko'rasiz”(Nasr surasi, 2-oyat).

Ha, Allohning haq dini bo'lgan Islom dini butun insoniyat uchun rahmat dini bo'ldi. Musulmonlar doimo bir-birlarini izzat-ikrom qilishliklari, bir-birlariga yordam berishliklari hatto, Alloh gunoh ish qilgan, adashgan bandalarini tavba qilishsa O'z fazli va marhamati ila kechirishini kalomida aytib o'tgan. Lekin hozirgi kunda, dunyoda shunday mudxish hodisalarni uchratib, insonlar lol bo'lib qolishmoqdalar. Hatto, boshqa din vakillari Islom dinini noto'g'ri tushunib, musulmon insonlarni o'zlariga dushman deb bilishmoqdalar.

  Terrorizm va ekstremizm tushunchalari butun dunyoni tashvishga solib kelmoqda desak xato qilmagan bo'lamiz. Shu kabi turli xil oqimlar paydo bo'lib borayotgani, insonlarni islomdan qo'rqitib, muqaddas din haqida noto'g'ri hayol va fikrlarni insonlar ongiga hatto, ularning qalbiga joylashtirmoqda. Ular “Islom xalifali”gi yoki “Islomiy davlat” ni tuzamiz deb, yo'lida uchragan insonlarni vahshiylarcha o'ldirishmoqda. Hattoki, yoshlar, qarilar va ayollarga ham rahm qilishmayaptilar. Holbuki, Alloh taolo va Uning rosuli ham zaiflarga tegmaslik, hattoki urush vaqtida ham ularni o'ldirmaslikka buyurgan. O'zlarini musulmon ekanligini  butun dunyoga jar solib, tillarida Allohning nomini  zikr qilib yurgan ayrim kishilar esa  ayollarni xo'rlab, so'ngra o'ldirib yuborishmoqda, yosh bolalar va keksalarni ham vaxshiylik ila o'ldirib yuborishmoqdalar. Yana o'zlarining adashib, katta gunoh ishlarni qilishayotgani etmaganidek, bu qilgan ishlarini butun dunyodagi insonlar ko'rishi uchun turli xil internet saytlariga qo'yishmoqda. Hattoki, bu qabih ishlarini o'zlarining hali aqlini tanimagan yosh bolalariga ham o'rgatishmoqda. Bu esa haqiqiy qabihlikdir. Afsuski, ularning bu ishlarini noto'g'ri ekanligini anglamagan ba'zi bir insonlar ularning gaplariga aldanib ketishmoqda, ularga qo'shilib turli xil qabih ishlarni qilishmoqda. Ularning orasida bizning vatandoshlarimiz borligi esa haqiqiy achinarli va ayanchli holatdir. Chunki qadim-qadimdan Islom dini bizning qon-qonimizga  singib ketgan. Biz bu ishlarga qanday qilib jim qarab turibmiz? Axir bu ishlar gunoh emasmi? Qanday qilib o'z birodarlarimizni bila turib jarlikka ketishlariga qarab turishimiz mumkun? Ularni qutqarmaymizmi?….

Yuqorida aytib o'tilgan savollar ayni damda  juda ko'p insonlarni o'ylantirib kelmoqda va bu savollarga javob qidirishmoqda. Bizning yurtimizda juda ko'p insonlar diniy ilmlar haqida  juda yaxshi bilishadilar va bilmaganlarga o'rgatib keladilar. Hususan, yurtimiz rahbari tomonidan berilgan farmon va ko'rsatmalarga binoan, islom bilim yurtlariga kiruvchi o'quvchilar soni ko'paytirildi,  viloyatlarda diniy yo'nalishga qaratilgan maktablar ochildi. Diniy soha vakillariga keng imkoniyatlar berilmoqda, prezidentimizning shaxsan o'zlari imom-xatiblar bilan uchrashib, ular bilan turli xil sohalarda suhbat o'tkazganliklari ham so'zimizning yorqin dalilidir. Agar butun dunyoda shu kabi ishlar olib borilsa, insonlarni noto'g'ri yo'lga kirib ketishining oldi olinadi. Yurtimiz fuqarolari o'z olididagi maqsadlarini belgilab olganlar. Shunday ekan, uni amalga oshirishda bor kuchi-g'ayratini sarf qilishga doimo tayyordir.

H.Sattorov - O'MI Samarqand viloyat vakili o'rinbosari

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

27.08.2026   2035   1 min.
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

26 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumning “Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmun-mohiyati” mavzusidagi uchinchi yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Sessiya doirasida Qur’oni karim merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, islom xattotligi, hujjatli kino hamda tarixiy manbalarni o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan xalqaro loyihalar taqdim etildi.

Xususan, “114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi”, “Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar”, “Allohning 99 ismi: Uning go‘zal ismlari orqali Yaratganni anglash”, “Sun’iy intellekt – qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti” loyihalari hamda “Yagona tarixiy meros sahifalari” loyihasi doirasida yaratilgan “Masjid” hujjatli filmi namoyish etildi.

Xalqaro muhokamalarda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoir, O‘mon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, islomofobiya va mavjud stereotiplarni bartaraf etishda medianing o‘rni haqida fikr almashdi.

Sessiya yakunida turli mamlakatlar va xattotlik maktablarining an’analarini birlashtiruvchi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha Xattotlar umumjahon tanlovi e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro mediaforumning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilib, unda qariyb 50 mamlakatdan media va ekspert hamjamiyatining 300 nafarga yaqin vakili — media kompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari