27 noyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Ibrohim Allomni qabul qildilar.
Muloqot chog'ida Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Shavqiy Ibrohim Allom janoblariga O'zbekistondagi nufuzli tadbirlar va xalqaro konferentsiyalarda faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirib, u kishi tomonidan nufuzli tadbirlarda bildirilgan muhim takliflarni yuqori baholadilar.
Uchrashuv chog'ida ikki davlat muftiylari Misr va O'zbekiston qadimdan Islom dini markazlari bo'lgani, bu diyorlardan etishib chiqqan allomalar, xususan, Imom Buxoriy, “Sohibi Hidoya” Burhoniddin Marg'iloniy, “Badoi'us-sanoi'” muallifi Imom Kosoniy, shuningdek, islomni ilm-ma'rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan al-Horazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek singari ulug' mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanish kerakligi, shu kabi allomalarning butun dunyoda Islomning yoyilishi va rivojiga munosib hissa qo'shganlari, bu qadim an'ana bugungi kunda ham davom etayotganini ta'kidladilar.
Hususan, O'zbekiston va Misr davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari, diniy-ma'rifiy sohaga qaratayotgan alohida e'tiborlari natijasida ikki davlat diniy idoralari butun dunyo Islom olami mamlakatlari uchun bugungi kunning dolzarb mavzulariga bag'ishlangan mana shunday xalqaro anjumanlar, uchrashuvlar va muloqotlar o'tkazayotganlarini qayd etdilar.
Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Ibrohim Allom Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markaziga tashrif buyurdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).