Imom as Subkiy rahimahulloh mutlaq ijtihod darajasiga etgan ekanlar.
Shunda uning ashoblari;
Nima uchun ijtihod qilmaysiz? deb savol qilishganida,
-Oldin o'tgan salaflarimiz, biz ijtihod qiladigan narsalar qoldirmadi-ku! deya javob qildilar.
Ammo hozirgi salafiylarni hammasi mujtahid, ijtihod darajasiga etib qoldilar.
Faqatgina o'zini fikri, o'zini gaplarigina go'yo asosli gapdek, boshqalarni dalillari, muqobil tarafni hadislarini inkor qilishda aslo qarab turmaydi.
Buyuk islom olimlari Imom Navaviy, Imom Subkiy, Aliy Qoriy, ibn Hajar Asqoloniy, Haytamiylar va hatto ming kitob yozgan Jaloliddin Suyutiy, Abul Faraj Ibnil Javziy, rahimahumullohlar ham mazhabga taqlid qilishardi, ammo bizning zamon xavorijlari esa mujtahiddurlar.
Ma'rufxon Aloxodjayev
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).
Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».
Ya’ni, Allohning va’dasi - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.
«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».
Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar.
«Tafsiri Hilol» kitobidan