Insonning o'z Vatanida yashashi – chinakam saodat. Chunki Vatanimizda barchamizning kindik qonimiz to'kilgan, ilk qadamimizni shu zaminga qo'yganganmiz. Yoshlikdagi yurt bilan bog'liq shirin xotiralarimiz mangulikka muhrlangan.
Alloh bizga o'z Vatanimizni sevish, o'zga yurtlarda bo'lsak, uni qo'msash hissini, tabiatini ato etgan. Vatanni qo'msash, sog'inish Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan merosdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'zlari tug'ilib-o'sgan maskan Makkai mukarramada 53 yil yashadilar. Bu vaqt ichida u zotga mushriklarnng zulmi, kamsitishlar shu darajaga etdiki, hatto hayotlari xavf ostida qoldi, jonlariga qasd qilmoqchi bo'lishdi.
Nabiy alayhissalom Alloh taoloning buyrug'i bilan Makkadan chiqar ekanlar: “Ey Makka, sendan ko'ra menga sevimliroq, suyukliroq shahar yo'q. Agar qavmim sendan chiqarmagnida, boshqa joyni makon tutmas edim”, deb ko'zlarida yosh bilan chiqib ketdilar (Imom Termiziy rivoyati).
Shu paytda Alloh taolo rasulining ko'nglini ko'tarib, ushbu oyatni nozil qildi: «Ey Muhammad, albatta, sizni ushbu Qur'onni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz sizni qaytish joyiga, ya'ni Makkaga qaytarguvchidir» (Qasas surasi, 85-oyat).
So'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam safarlarini hotirjam davom ettirdilar.
Insonning Vatani oldida uchta muhim vazifasi bor.
Madinai munavvara haqiga esa: “Yo Allohim, Madinani Makkani suyganimdek yoki undan ham ziyodaroq qilgin” (Imom Buxoriy rivoyati).
Bu haqda Payg'ambarimiz bunday deganlar: “Agar qiyomat qoim bo'lib qolsayu, qo'lingda bir ko'chatni ekishga ulgursang, ekib qol” (Imom Buxoriy rivoyati).
Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning:
Kelding olamga demak,
Yetmas uni so'rmak, emak,
Yerni etmog'ing kerak
Bo'ston o'zing rizvon o'zing, degan misralari Vatanni bog'u bo'stonga, jannatga aylantirish o'z qo'limizda ekaniga ishoradir.
Zahiriddin Muhammad Bobur o'z vatanining sog'inchida yashab, yaqinlarini, hatto o'z diyorining suvlarini qo'msab, bunday yozgan:
Oqar suvlar firoqida,
Ko'zlarimdan oqar suv.
Alloh taolo marhamat qiladi: «Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmangiz! Unga (Allohga) ham qo'rqinch va ham umid bilan duo qilingiz! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir» (A'rof surasi, 56-oyat).
O'z Vataniga xiyonat qilish, unga qarshi qurol ko'tarish juda katta jinyatdir. Afsuski, Vatan qadriga etmagan kimsalar “Hijrat qilish farz”, deb yoshlarni chalg'itmoqdalar.
Ongli odam hech qachon Islomning besh rukni emin-erkin ado etilayotgan yurtdan chiqib, olov va urush o'choqlariga ketmaydi. Hijrat, jihod deb jannat qidirib, do'zax tomon ketayotgan aqli noqis kimsalar qilmishlari xato ekanini kech anglamoqdalar.
Vatan tinchligi, osoyishtaligi, obodligiga o'z hissamizni qo'shib, uni turli unsurlardan himoya qilish har birimizning burchidir.
Vatanimizni Yaratgan O'z panohida asrasin!
Erkinoy JUMABOYeVA,
Bektemir tumani otinoyisi
Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.
Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati