Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447

Hali-hanuz suv qidirmoqda…

12.02.2024   672   3 min.
Hali-hanuz suv qidirmoqda…

Rivoyat qilinishicha chanqoqdan sillasi qurigan to'rtta aka-uka elib-yugurib suv qidirib yurishgan ekan. Yo'llari davomida to'rtta daraga duch kelibdilar va har birlari alohida yo'ldan yurishga, kim suv topsa qolganlarga olib borishiga hamda natija qanday bo'lishidan qat'i nazar quyosh botguncha qaytib kelishga kelishishibdi.

Biroq hech qaysilari bir tomchi ham suv topa olishmabdi.

Quyosh botgach, ulardan uchtasi qaytibdi va suv qidirish befoydaligini, undan ko'ra turgan joylarini qazib suv chiqargan yaxshi, degan to'xtamga kelishibdi. Tuni bo'yi qazib, oxiri tongga yaqin suv chiqarishga muvaffaq bo'lishibdi va hammalari undan ichib chanqoqlarini qondirishibdi.

Bu voqeani hikoya qilib bergan odam aytadi: “Kelishilgan vaqtda ortga qaytmagan va jamoatdan ajragan to'rtinchi uka hali hanuz suv izlab yurar emish!”.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Jamoatni lozim tutinglar, bo'linishdan saqlaninglar. Chunki shayton yolg'iz odamga yopishadi, ikkita odamdan uzoqlashadi. Kim Jannat farovonligini istasa, jamoatni mahkam tutsin!”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: “Alloh taolo ummatimni zalolat uzra jamlamaydi. Allohning yordami jamoat bilandir!”.

Siz qilayotgan ishingizdan rohat topsangiz, boshqalar ham sizning qo'l ostingizda bu ishdan rohat topishadi.

Holidan xabar olishga mas'ul bo'lgan odamlaringizdan boxabar bo'ling, ularga yaxshi muomala qiling. Axir o'zingiz ham sizga mas'ul shaxslarning e'tiborini kutasiz-ku, yaxshi muomala qilishini xohlaysiz-ku! Qattiqqo'llik zararlidir, faqat o'zingizga qattiqqo'l bo'lishingiz foyda berishi mumkin.

Bizdagi achinarli holatlardan biri shuki, ko'pchiligimiz bir-birimizga yordam berishga harakat qilmaymiz, jamoaviy ishlarda hamjihat bo'lmaymiz.

Modomiki, egoistlik, xudbinlik ichimizda hukm surar ekan, jamiyatimiz rivojlanmaydi, aksincha tanazzulga yuz tutib boraveradi.

Oramizda ba'zi odamlar hamma narsa o'ziniki bo'lishini, faqat o'zi boshliq bo'lishini xohlaydi. Kimningdir qo'l ostida bo'lishni xohlamaydi.

Faqat o'zining fikri olinishini istaydi. Biz bu og'riqli darddan qachon xalos bo'lamiz?!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

13.08.2025   2567   1 min.
Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
 

Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda
O'zbekiston yangiliklari