Kanadalik musulmon yoshlarning bir guruhi odamlarga islom haqida har qanday savol berish imkoniyatini berish uchun mamlakat bo'ylab safarni boshladi. Islam.ru xabariga ko'ra, "Islom harakatda, men musulmonman, mendan istagan narsangiznia so'ranglar" degan nom ostidagi tashabbus kanadaliklar orasida katta qiziqish uyg'otdi.
Tashkilotchilar mamlakat bo'ylab mobil' ko'rgazma bilan sayohat qilib, mahalliy aholiga islom islomofobiyaga qarshi kurash haqida so'zlab berishmoqda. Tashkilotchilardan biri Shohruh Obidning aytishicha,"ko'plab noto'g'ri tushunchalar aslida kichik bir guruh odamlarning islomga amal qilmasliklari, balki islomdan siyosiy vosita sifatida foydalanishlarining natijasidir.
"Ushbu treyler bir qirg'oqdan ikkinchisiga o'tadi. Mamlakat bo'ylab ishbilarmonlik tumanlari va shahar markazlariga tashrif buyurgan holda 16 000 kilometrlik sayohat qildik", - deydi Obid.
"Biz uchun bu shunchaki islomofobiyaga qarshi kurashishning bir usuli va odamlar biz xavfli emasligimizni bilishsin. Bilasizmi, islom bu tinchlik va biz bu erda kanadaliklar sifatida, bu mamlakatning sodiq fuqarolari sifatida turibmiz", - qo'shimcha qildi u.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kimki mo‘min va mo‘minalar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min va mo‘mina hisobida bittadan yaxshilik yozadi", deganlar.
Sharh: Agar biror (tanigan va tanimagan) mo‘min-mo‘minaning haqqiga istig‘for aytsangiz, Alloh taolo buning evaziga o‘sha mo‘min va mo‘mina nomidan sizga yaxshilik (savob) yozadi.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin" (Ibrohim surasi, 41-oyat).
Allohim Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar keladigan jamiki mo‘min-musulmonlarning gunohlarini mag‘firat etgin.