Hazratimiz Usmonxon Alimov rahimahulloh muftiylik lavozimida boshqalardan ko'ra eng uzoq muddat faoliyat yuritdilar, desak, xato bo'lmaydi. U kishi 15 yil davomida O'zbekiston musulmonlari idorasida din yo'lida xizmat qildilar.
Biz ko'p safarlarda birga bo'ldik. Hazrat kim bilan qanday muomala qilishni bilardilar, zamonaviy til bilan aytganda, aqlli diplomat edilar. Dunyo sahnalaridagi nutqlari ham g'oyat tushunarli, chiroyli edi. Bir so'z bilan aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning munosib avlodlari edilar. U kishining xatti-harakatlarida go'zal payg'ambarona xulqni ko'rardingiz.
Muftiylik faoliyatlari davomida hazratning rahbarliklari ostida ko'pgina xayrli ishlarni birgalikda amalga oshirdik. Jumladan, eng avvalo masjidlar obod bo'ldi, bunda tahoratxonalarga alohida e'tibor qaratildi, yangi-yangi masjidlar bino qilindi. Yana ko'plab ma'rifiy, diniy, tarbiyaviy ruhdagi kitoblarni chop etdik. Hususan, u kishining qalamlariga mansub bo'lgan “Tafsiri Irfon” kitobini alohida tilga olish zarur. Yo bo'lmasa, Qur'on musobaqalarining keng ko'lamda, omma ichida o'tkazilganini ham ta'kidlash joiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi o'zini-o'zi boqsin, birovga qaram bo'lmasin, degan maqsadda Qibray tumanida yordamchi xo'jalik erlarini obod qilish, issiqxonalar qilish, poliz ekinlarini etishtirish, otxonalar va boshqa chorva fermalari, tikuv tsexlari kabi ishlab chiqarishlarni hazratning tashabbuslari bilan amalga oshirdik. Idora binosi ham qayta ta'mirlanib, zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi.
Hususan, Diniy idora nashriyoti qoshida “Shamsuddinxon Boboxonov” nomli bosmaxonani tashkil qilish muftiy hazratlarining katta niyatlari bo'lgan edi. “Bolam, shu bosmaxona tezroq ishga tushsa, u erda mushaflar va boshqa diniy kitoblar chop etilganini ko'rsam”, degandilar. Mana, Allohga shukr, bu xayrli ishimizni o'z ko'zlari bilan ko'rdilar.
Hazrat avliyo inson edilar. Oxirgi yillarda mo'ljallagan ishlarimizni tez-tez bitirishimizni istardilar. “Meni yaqinda topolmay qolasizlar. Shuning uchun xayrli rejalarimizni tezroq amalga oshiraylik”, deb ta'kidlardilar...
O'zlari tug'ilib o'sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Eshoni Temirxon To'ra” jome masjidini qayta ta'mirlab, yonidagi qabristonni ham obod qilganimizdan so'ng meni yonlariga chaqirdilar. O'shanda dadalarining qabrlari oldidagi joyni ko'rsatib: “Bolam, meni vaqti kelib shu erga dafn etinglar. Bu senga vasiyatim”, deb tayinlagandilar.
Ha, hammasini sezgan ekanlar. Shu masjidni ta'mirlayotganimizda ham “Tez-tez ishni tugatinglar”, deganlari hamon qulog'imda. Betob bo'lganlarida yonlarida turib, vafotlaridan so'ng u kishini olib kelib, o'zlari ko'rsatgan erga, ya'ni dadalarining yonlariga dafn etdik – vasiyatlarini bajardik, alhamdulilloh.
Hazrat bilan boshlab qo'ygan yana talaygina xayrli ishlarimiz bor. Hudo xohlasa, ularni bekamu ko'st bajarishga, oxiriga etkazib, ruhlarini shod etishga harakat qilaman.
Alloh taolo hazratimizni rahmatlarga burkasin. Qilgan xayrli, ezgu ishlarining ajrlarini o'zlariga hamroh qilsin. O'zi hammamizdan rozi bo'lsin, dinining yo'lida xizmatlarimizni davomli etsin. Omin!
Rustam hoji JAMILOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi Ish boshqaruvchisi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَسُولُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي النَّاسِ فَأَثْنَى عَلَى اللهِ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ ثُمَّ ذَكَرَ الدَّجَّالَ، فَقَالَ: «إِنِّي َلَأُنْذِرُكُمُوهُ وَمَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ، وَلَكِنِّي سَأَقُولُ لَكُمْ فِيهِ قَوْلًا لَمْ يَقُلْهُ نَبِيٌّ لِقَوْمِهِ، إِنَّهُ أَعْوَرُ، وَإِنَّ اللهَ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ أُمَّتَهُ الْأَعْوَرَ الْكَذَّابَ أَلَا وَإِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ «ك ف ر» أَيْ كَافِرٌ يَقْرَؤُهُ كُلُّ مُسْلِمٍ». رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Alloh taolo odamlarni sinash uchun Dajjolga turli imkoniyatlar berib qo‘yadi. Jumladan, Alloh taoloning izni ila u o‘likni tiriltirish, yomg‘ir yog‘dirish, yerni hosildor qilish va shunga o‘xshash ishlarga imkon topadi. So‘ngra o‘zidan ketib, xudolik da’vosini qiladi. Shunda Alloh taolo uning ojizlik taraflarini zohir qilib qo‘ygani ish beradi. Uning bir ko‘zi yo‘qligi, peshonasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgani, Dajjol bu narsalarni o‘zidan ketkaza olmasligi uni fosh qiladi.
عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي أَطُوفُ بِالْكَعْبَةِ فَإِذَا رَجُلٌ آدَمُ سَبْطُ الشَّعَرِ يَنْطُفُ أَوْ يُهْرَاقُ رَأْسُهُ مَاءً قُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالُوا: ابْنُ مَرْيَمَ ثُمَّ ذَهَبْتُ أَلْتَفِتُ فَإِذَا رَجُلٌ جَسِيمٌ أَحْمَرُ جَعْدُ الرَّأْسِ أَعْوَرُ الْعَيْنِ كَأَنَّ عَيْنَهُ عِنَبَةٌ طَافِيَةٌ قَالُوا: هَذَا الدَّجَّالُ أَقْرَبُ النَّاسِ بِهِ شَبَهًا ابْنُ قَطَنٍ»، وَابْنُ قَطَنٍ رَجُلٌ مِنْ خُزَاعَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Ibn Qatan – johiliyat davrida o‘lib ketgan odam edi.
وَلِمُسْلِمٍ: «الدَّجَّالُ أَعْوَرُ الْعَيْنِ الْيُسْرَى، جُفَالُ الشَّعَرِ، مَعَهُ جَنَّةٌ وَنَارٌ فَنَارُهُ جَنَّةٌ وَجَنَّتُهُ نَارٌ».
Muslimning rivoyatida:
«Dajjolning chap ko‘zi yo‘q, o‘zi sersoch bo‘ladi. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi – jannatdir, jannati – do‘zaxdir», deyilgan.
وَلِأَبِي دَاوُدَ: «إِنَّ مَسِيحَ الدَّجَّالَ رَجُلٌ قَصِيرٌ أَفْحَجُ جَعْدٌ أَعْوَرُ مَطْمُوسُ الْعَيْنِ لَيْسَ بِنَاتِئَةٍ وَلَا جَحْرَاءَ فَإِنِ الْتَبَسَ عَلَيْكُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».
Abu Dovudning rivoyatida:
«Dajjol pakana, maymoq, jingalaksochdir, uning bir ko‘zi yo‘q, ko‘zi tep-tekis – bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagan. Agar ikkilanib qolsangiz, bilingki, Robbingiz unday emas», deyilgan.
Sharh: Mana shu sifatlardan uni tanib olaveringlar, tag‘in uning xudolik da’vo qilayotganiga aldanib qolmanglar.
عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَا سَأَلَ أَحَدٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الدَّجَّالِ مَا سَأَلْتُهُ وَإِنَّهُ قَالَ لِي: «مَا يَضُرُّكَ مِنْهُ»، قُلْتُ: لِأَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّ مَعَهُ جَبَلَ خُبْزٍ وَنَهَرَ مَاءٍ، قَالَ: «هُوَ أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ ذَلِكَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.
Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Alloh taolo unga mo‘jiza kabi narsalarni juda ham oshirib berib qo‘ygan emas.
عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا مَعَ الدَّجَّالِ مِنْهُ، مَعَهُ نَهَرَانِ يَجْرِيَانِ أَحَدُهُمَا رَأْيَ الْعَيْنِ مَاءٌ أَبْيَضُ وَالْآخَرُ رَأْيَ الْعَيْنِ نَارٌ تَأَجَّجُ فَإِمَّا أَدْرَكَنَّ أَحَدٌ فَلْيَأْتِ النَّهَرَ الَّذِي يَرَاهُ نَارًا وَلْيُغْمِّضْ ثُمَّ لِيُطَأْطِئْ رَأْسَهُ فَيَشْرَبَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مَاءٌ بَارِدٌ وَإِنَّ الدَّجَّالَ مَمْسُوحُ الْعَيْنِ عَلَيْهَا ظَفَرَةٌ غَلِيظَةٌ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ يَقْرَأُهُ كُلُّ مُؤْمِنٍ كَاتِبٍ وَغَيْرُ كَاتِبٍ».
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men Dajjolda nimalar bo‘lishini uning o‘zidan ham yaxshi bilaman. Uning ikkita oqib turgan anhori bo‘ladi, biri ko‘zga ko‘rinib turgan oq suv, biri – ko‘zga ko‘rinib turgan alangali olov bo‘ladi. Kimdir unga yetishsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan anhorga sho‘ng‘isin. So‘ngra boshini egib, undan ichsin, chunki o‘sha sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning ko‘zi tekis, ustini qalin et qoplagan. Uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan bo‘lib, yozishni bilganu bilmagan har bir mo‘min uni o‘qiy oladi».
Sharh: Dajjolning chap ko‘zi qalin et bilan qoplangan bo‘lib, tep-tekis holda bo‘ladi. Shuning uchun u «masiyh» – tekislangan deb ham ataladi.
وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الدَّجَّالَ يَخْرُجُ وَإِنَّ مَعَهُ مَاءً وَنَارًا فَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ مَاءً فَنَارٌ تُحْرِقُ وَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ نَارًا فَمَاءٌ بَارِدٌ عَذْبٌ فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ فَلْيَقَعْ فِي الَّذِي يَرَاهُ نَارًا فَإِنَّهُ مَاءٌ عَذْبٌ طَيِّبٌ». رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُ.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
Ikkisini uchovlari rivoyat qilganlar.
(Davomi bor)
«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan