Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Yangi oy boshlandi!

12.02.2024   713   3 min.
Yangi oy boshlandi!

Mana hijriy-qamariy 1445 yilning Rajab oyi ham poyoniga etib, yangi Sha'bon oyi boshlandi. Halqimizda bu oyni “Baroat” deb ham ataydi. 

Sha'bon oyi hijriy-qamariy yil hisobining sakkizinchi oyidir. U 29 kundan iborat. “Sha'bon” arabcha so'z bo'lib, u o'zbek tilida “bo'linish”, “tarqalish” degan ma'nolarni anglatadi.

Rivoyat qilishlaricha, qadimda xalqlar orasida qish paytida bir joyda bahor kelishi bilan esa boshqa joyga ko'chib yashash odat bo'lgan. Qamariy-hijriy sakkinchi oyi odamlarning har tomonga bo'linish, tarqalish paytiga to'g'ri keladi. Shu bois bu oyga “Sha'bon” nomi berilgan.  

Rajab oyi Alloh taoloning oyi deb e'tirof etilsa, Sha'bon oyi Payg'ambar oyi, Ramazon esa barcha kishilarning oyi deyiladi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: «Alloh taolo o'n ikki oy ichidan Rajab oyini o'zi uchun tanlab olgan. Shuning uchun “Allohning oyi” deyiladi. Kim bu oyni ulug'lab, hurmatini joyiga keltirsa, Alloh taolo uni jannati naimga kiritib, yana O'z roziligini ato etadi. Sha'bon oyi “Rasululloh oyi” ham deyiladi. Kim bu oyni ulug'lab, hurmatini bajo keltirsa, Qiyomat kuni unga jannatdan joyni o'zim tayyorlab turaman. Ramazon oyi esa “Ummatlarim oyi”dir. Kim bu oyni ulug'lab, hurmatini joyiga qo'ysa, gunohlardan o'zini tiysa, kunduz ro'zador, kechalari bedor, birovlarga beozor holda ro'za oyini tamomlasa, barcha gunohlari mag'firat qilinadi»(Imom Bayhaqiy rivoyati).

Shu sababdan hazrati Ali roziyallohu anhuning tavsiyalariga binoan kunduzni ro'za, kechasini bedorlik ibodati bilan o'tkazishga harakat qilmoq kerak bo'ladi.
Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yo'qotib qo'ydim. So'ng u kishini izlab chiqdim. Qarasam, U zot Baqiyda boshlarini osmonga ko'tarib turgan ekanlar:
«Ey, Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan xavf qildingmi?», dedilar.
«Siz ba'zi ayollaringizga borgansiz, deb gumon qiluvdim», dedim.
«Albatta, Alloh Sha'bonning yarmidagi kechada dunyo osmoniga tushadi va Kalbning (
mashhur arab qabilasi) qo'ylari juni adadidan ko'proqni mag'firat qiladi», dedilar (Imom ibn Moja, Imom Termiziy va Imom Ahmad rivoyati).  

Sha'bon oyining hurmatidan insonlar o'zaro  mehr-muhabbatni kuchaytiradi. Ular bu oyda ota-ona, yor-birodarlar, qon-qarindoshlar,  kasalmand, muhtoj kishilarning  holidan xabar olishni ko'paytiradi. Ularga turli muruvvatlar ko'rsatadi.

Alloh taolo mo'min-musulmon xalqimizning ibodat xayr-barakasini yanada ziyoda qilsin.  

R.Akbarov,

Qashqadaryo viloyati vakilligi xodimi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

13.08.2025   4124   1 min.
Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
 

Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda
O'zbekiston yangiliklari