Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2025   |   12 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:10
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2025, 12 Sha`bon, 1446

Moskva muftiysi Usmonxon Alimov vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

16.08.2021   1342   1 min.
Moskva muftiysi Usmonxon Alimov vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

 Bugun bizga qayg'uli bir xabar kelib tushdi – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy muftiysi Shayx Usmonxon Alimov vafot etdilar.

Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi va o'z nomimdan Shayx Usmonxon Alimovning oilalari va yaqinlariga hamda butun O'zbekiston ummatiga chuqur hamdardlik bildiraman. O'tganlarni so'zlar bilan orqaga qaytarib bo'lmaydi. Lekin biz, musulmonlar, Biz, albatta, Allohnikimiz va Ungagina qaytamiz, degan aqiydadamiz (Baqara surasi, 156-oyat).

Albatta, bu juda og'ir yo'qotish, O'zbekiston xalqi Shayx Usmonxon Alimov erishgan yutuqlarni doimo yodda saqlaydi. Usmonxon Alimov Islomning asl qadriyatlarini qayta tiklash va asrab-avaylashga katta hissa qo'shdi. Yillar davomida u nafaqat xalqiga, balki butun musulmonlar manfaati uchun chin dildan xizmat qilib, muhim loyihalarni qo'llab-quvvatlash va amalga oshirga ulkan hissa qo'shdi.

Qodir Allohdan hurmatli shayx Usmonxon Alimovning ruhini qabul qilib, o'z rahmatini ato etishini so'raymiz. Alloh taolo marhumning bilib-bilmay gunohlarni kechirsin, yaxshiliklarini qabul qilsin va eng yaxshi mukofotlar ila mukofotlasin, jannati na'imda eng yuqori darajalarni ato etsin.

Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Alloma ajdodlarimiz yodga olindi

7.02.2025   6775   1 min.
Alloma ajdodlarimiz yodga olindi

Mir Arab oliy madrasasida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda alloma ajdodlarimizdan bo‘lgan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Oliy madrasaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mustafo Xodjayev, Bahouddin Naqshband jome masjidi imom xatibi Abdug‘ofur Razzoqov, Buxoro davlat universiteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Azimjon Hamidov, ustoz va talabalar ishtirok etdi. 

Abdug‘ofur Razzoqov Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi, qoldirgan ilmiy merosi, asarlaridagi yaxshilik, go‘zallikka targ‘ib masalalari, buyuk mutafakkirning nafaqat turkiy, balki, forsiy tilda qilgan ijodining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘zladi. 

Azimjon Hamidov esa shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, asarlari, Vatan sog‘inchi tarannum etilgan asarlariga to‘xtaldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari