Ma'lum kilamizki, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari o'pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o'pka pnevmoniyasi bo'yicha muolajalar olmoqdalar.
Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg'or yutuqlarini qo'llagan holda davom ettirilmoqda.
Muftiy hazratlari tezroq sog'ayishlari, xalqimiz, mo'min-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sog'-omon bo'lishlarini Haq taolodan duo qilib, so'rab qolamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.