Bugun, 23 noyabr' kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o'z ishini boshladi.
Anjumanni Markazi direktori Muzaffarxon Joniyev kirish so'zt bilan ochdi. Unda Din ishlari bo'yicha qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Davronbek Maxsudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov, Jazoir Islom fanlari va tsivilizatsiyasi tadqiqotlari markazi direktori Ahmad Bensag'ir so'zga chiqib, o'z fikr-mulohazalarini bildirish barobarida anjuman ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Imom Termiziy
O'MITM matbuot xizmati